Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet125/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ho, Mim.


  1. (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir.


  1. U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir.


  1. (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular "eshitmaslar".


  1. Ular dedilar: "Dillarimiz sen bizlarni da'vat qilayotgan narsadan to'silgan, quloqlarimizda esa og'irlik (karlik) bordir va sen bilan bizlarning o'rtamizda (bir) parda bordir. Bas, Sen ham (o'z) amalingni qilaver, bizlar ham, albatta, amal qiluvchidirmiz".


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir bashardirman. Menga "Tangringiz yolg'iz Alloh" deb vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning O'ziga to'g'ri (toat-ibodatda) bo'lingiz va Undan mag'firat so'rangiz! Mushriklarga esa halokat bo'lgay!"


  1. (Ular) zakot bermaydigan va o'zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalardir.


  1. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir!


  1. Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo'lurmisizlar va o'zgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Ana O'sha (barcha) olamlarning Parvardigori-ku?!


  1. U (Yerning) ustida to'la to'rt kunda tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (yer)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot) so'rovchilarga mosdir.

Izoh: Hadisda kelgan ma'lumotga qaraganda, Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan. Tog'larni seshanba kuni, daraxtlar, suv, obodon va xarobalarni chorshanba kuni yaratgan. Shu bilan to'rt kun o'tgan. Juma kuni osmonlarni, shanba kuni esa yulduzlar, quyosh, oy, farishtalar va kunning oxirida Odam (a. s.)ni yaratgan. ("Madorik tafsiri" dan).

  1. So'ngra tutun holatda bo'lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: "(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!" - degan edi, ular: "O'z ixtiyorimiz bilan keldik", - dedilar.


  1. Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasi)ni vahiy qildi. Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va (uni ofatlardan) saqladik. Bu qudratli va bilimli zotning taqdiri (o'lchovi)dir.


  1. Bas, agar ular (Makka mushriklari) yuz o'girsalar, u holda ayting: "Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa o'xshagan bir chaqmoq (halokat)dan ogohlantirdim".


  1. O'shanda payg'ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: "Faqat Allohgagina ibodat qilinglar" (deganlarida), ular: "Agar Rabbimiz (payg'ambar yuborishni) xohlaganida, albatta, farishtalarni nozil qilgan bo'lur edi. Bas, (sizlar odamzot ekansizlar,) sizlar elchi qilib yuborilgan dinga biz kofirdirmiz", - dedilar.


  1. Bas, Od (qabilasi) yerda nohaq kibrlandilar va "Kuch-quvvatda bizlardan kim zo'rroq?" - dedilar. Axir, ular o'zlarini yaratgan Alloh kuch-quvvatda ulardan zo'rroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etuvchi bo'ldilar.


  1. Bas, ularga (mana shu) dunyo hayotida xor qiluvchi azobni totdirib qo'yish uchun nahs kunlarda ustilariga bir dahshatli bo'ron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada xor qiluvchiroqdir va ularga yordam berilmas.

Izoh: Nahs kunlar - Shavvol oyi oxirining chorshanba kunidan kelasi chorshanba kunigacha. Shu hafta mobaynida bo'ron bo'lgan. Boshqa rivoyatda uch yil deyiladi.

  1. Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo'yib, ko'rlikni (zalolatni) ixtiyor qildilar. Bas, o'z qilmishlari sababli ularni xor etuvchi azob chaqmog'i urdi.


  1. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga najot berdik.


  1. Allohning dushmanlari do'zaxga (haydalish uchun) to'planib, tizilib turadigan Kunni (eslang).


  1. Bas, qachonki, ular (do'zaxga) kelishgach, ularning quloqlari, ko'zlari va terilari ular qilib o'tgan narsa (ish)lari haqida o'zlariga qarshi guvohlik berur.


  1. Ular terilariga: "Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?" - deyishganida, (terilari): "Bizlarni,

barcha narsani so'zlatgan zot - Alloh so'zlatdi. Sizlarni ilk bor U yaratgan va sizlar yana Uning O'zigagina qaytarilmoqsizdalar", - deydilar.

  1. Sizlar (dunyoda gunoh ishlarda) quloqlaringiz, ko'zlaringiz va terilaringiz sizlarga guvoh bo'lishidan yashirinmas edingizlar. Lekin sizlar qilayotgan amallaringizdan ko'pini Alloh bilmaydi, deb o'yladingizlar.


  1. Rabbingiz haqida o'ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi. Bas, sizlar ziyon ko'ruvchilarga aylanib qoldingizlar.


  1. Endi, agar ular (azobga) chidasalar, ana o'sha do'zax joylaridir. Agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytariluvchilardan emaslar.


  1. Biz ular uchun (yo'ldan ozdiradigan) "do'stlar" tayyorlab qo'ydik, bas, o'shalar ularga oldilaridagi va orqalaridagi (gunohlarini) chiroyli ko'rsatdilar va ularga ham, o'zlaridan avval o'tib halok bo'lgan insu jindan iborat ummatlar qatorida, So'z (azob) muqarrar bo'ldi. Haqiqatan, ular ziyon ko'rgan bo'ldilar.


  1. Kofir bo'lgan kimsalar (bir-birlariga): "Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qur'onga quloq solmanglar va (uni chalg'itish uchun) javrayveringlar, (shunda) zora g'olib bo'lsangizlar!" - dedilar.


  1. Bas, albatta, (o'sha) kofir bo'lgan kimsalarga qattiq azobni tottirurmiz va ularni o'z qilmishlari uchun eng yomon jazo bilan jazolaymiz.


  1. Bu (azob) Alloh dushmanlarining jazosi bo'lmish do'zaxdir. Ular uchun oyatlarimizni inkor qiluvchi bo'lganlari sababli o'sha joyda mangu qolish bordir.


  1. Kofir bo'lgan kimsalar deydilar: "Parvardigoro, bizlarni (To'g'ri yo'lingdan) ozdirgan insu jindan bo'lmish kimsalarni bizlarga ko'rsatgin, ularni oyoqosti qilaylik, toki ular (do'zaxning qa'ridagi) eng tuban (xor) kimsalardan bo'lsinlar".


  1. Albatta: "Rabbimiz - Alloh", - deb so'ngra (toat-ibodatda) to'g'ri (ustivor) bo'lgan zotlar huzuriga (o'lim paytida) farishtalar tushib (derlar): "Qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!


  1. Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning do'stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko'ngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir.


  1. (Bu) mag'firatli va mehribon zot (tomoni)dan bo'lmish ziyofatdir".


  1. Alloh (yo'li)ga da'vat etgan va o'zi ham solih amal qilib, "Men musulmonlardandirman", - degan kishidan kim chiroyliroq so'zlovchidir?!


  1. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling!

(Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur.

  1. Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug' nasiba egasigina erishur.


  1. Agar Sizni shayton tomonidan vasvasa tutmoqchi bo'lsa, u holda Allohdan panoh so'rang. Zero, U eshituvchi va biluvchi zotdir.


  1. Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qiluvchi bo'lsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmangizlar, (balki) ularni yaratgan zot - Allohga sajda qilingizlar!


  1. Bas, agar (sajda qilishdan) kibrlansalar, bas, (bilingki,) Rabbingiz huzuridagi zotlar (farishtalar) kecha-yu kunduz (hech) malollanmasdan Unga tasbeh ayturlar (sajda qilurlar).


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling