Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet121/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184
Bog'liq
Документ

(Sajda oyati)

  1. Bas, Biz uni o'sha (xatosi)ni kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda qurbat (yaqinlik) va go'zal oqibat (jannat) bordir.


  1. Ey, Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo'lidan ozdirur. Albatta, Alloh yo'lidan ozadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qo'yganlari sababli qattiq azob bordir.


  1. Biz osmon va Yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu (behuda yaratilgan degan gap) kofir bo'lgan kimsalarning gumonidir. Bas, kofir bo'lgan kimsalar uchun do'zaxdan iborat halokat bo'lgay!


  1. Biz imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlarni yerda buzg'unchilik qilib yuruvchi kimsalardek qilamizmi?! Yoki taqvodor zotlarni fisqu fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilar ekanmizmi?!


  1. (Ey, Muhammad, ushbu Qur'on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir.


  1. Dovudga Sulaymonni ato etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir.


  1. Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turuvchi uchqur otlar ro'baro' qilingan edi.


  1. Bas, u dedi: "Darhaqiqat, men Parvardigorim zikridan (ya'ni, namozimdan qolib) bu yaxshi (ot)larni suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh) parda bilan berkinibdi (botibdi).


  1. U (ot)larni menga qaytaringlar-chi!" Bas, u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo'yinlarini "silash"ga kirishdi (so'yib qurbonlik qildi).


  1. Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So'ngra u tavba qilib,


  1. dedi: "Ey, Rabbim, O'zing meni mag'firat qilgin va menga o'zimdan keyin biror kishiga muyassar bo'lmaydigan bir mulk (hukmronlik) ato etgin. Sening O'zinggina (barcha yaxshiliklarni) ato etuvchisan".


  1. Bas, unga u istagan tomonga uning amri bilan mayin esaveradigan shamolni bo'yin sundirdik.


  1. Shuningdek, barcha (qasrlarni) bino qiluvchi va (dengizlar qa'riga shung'uvchi) g'avvos shaytonlarni (jinlarni) ham.


  1. Boshqa (bo'yin sunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bandi qildik.


  1. (Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki (o'zingda) saqla, (sendan bu to'g'rida) hisobot olinmas".


  1. Albatta, (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi", - degan paytini eslang!


  1. (Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina cho'miladigan va ichimlik suvidir".


  1. Biz O'z tomonimizdan marhamat ko'rsatib hamda aql egalariga eslatma bo'lishi uchun, (Ayyubga) ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik.


  1. (Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!

Izoh: "Hiylai shar'iy" degan ibora shu oyatga o'xshagan dalillarga asoslanib to'qilgan bo'lishi kerak. Ayyub (a. s.) og'ir betob bo'lgan kezlarida, xotinlari yaxshi parvarish qilmaganlari tufayli "Tuzalganimdan keyin seni yuz qamchi uraman" - deb qasam ichib qo'ygan ekanlar. Shu qasamlarini ro'yobga chiqarib, gunohkor bo'lib qolmasliklari uchun Alloh taolo yuzta mayda novdani bir dasta qilib, o'sha bilan xotinlarini bir marta urib qo'yishlikni buyurgan ekan.

  1. (Ey, Muhammad,) quvvat va farosat egalari bo'lgan bandalarimiz - Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarni eslang!


  1. Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik.


  1. Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.


  1. Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir.


  1. Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat -


  1. ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir.


  1. Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar.


  1. Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur.


  1. Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir.


  1. Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas.


  1. (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat -


  1. ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u!


  1. Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar!


  1. Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur!


  1. (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan, ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir".


  1. Ular (ergashganlar) deydilar: "Yo'q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki), sizlar u (azob)ni bizlarga keltirdingiz! Bas, naqadar yomon qarorgoh (bu do'zax)!"


  1. Ular (yana) derlar: "Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo'lsa, bas, O'zing unga do'zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin".


  1. (Jahannam ahli bir-birlariga) ayturlar: "Nega bizlar (dunyoda) yomonlardan deb hisoblab yurgan kishilarni (mo'minlarni do'zaxda) ko'rmayapmiz-a?!


  1. Bizlar o'shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular shu yerda-yu,) ko'zlarimiz ulardan chalg'idimikan?!"


  1. Albatta, do'zax ahlining ana shunday tortishishlari muqarrar haqdir.


  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men faqat (bir) ogohlantiruvchidirman. Yagona va g'olib Allohdan o'zga iloh yo'q.


  1. U osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsaning qudratli va mag'firatli Parvardigoridir".


  1. Ayting: "Bu (so'zlar) buyuk bir xabardir.


  1. Sizlar esa undan yuz o'giruvchidirsizlar!


  1. Menda bahslashayotgan oliy guruh (farishtalar) haqida hech qanday bilim yo'q edi.


  1. Menga faqat o'zimning aniq ogohlantiruvchi ekanligim vahiy qilinadi, xolos".


  1. Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: "Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman.


  1. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so'ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!"


  1. Bas, farishtlarning barchalari jam bo'lib, (Odam uchun) sajda qildilar.


  1. Faqat Iblisgina kibrlanib, kofirlardan bo'ldi.


  1. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, "qo'lim" bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man etdi?! Kibr qildingmi yoki sen (Odamga nisbatan) oliy (zot)lardan edingmi?!"


  1. U aytdi: "Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding".


  1. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Zero, sen (dargohimdan) quvilgan (mal'un)san!


  1. Yana, to jazo kuni (qiyomat)gacha senga Mening la'natim bo'lur".


  1. (Iblis iltijo qilib) dedi: "Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o'lmaslikka) muhlat bergin".


  1. (Alloh) dedi: "Sen muhlat berilganlardandirsan


  1. ma'lum vaqt kunigacha (qiyomatgacha)".


  1. (Iblis) aytdi: "Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo'ldan ozdirurman.


  1. Faqat ularning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar)".


  1. (Alloh) dedi: "Haqqa (qasam). Faqat haqni ayturmanki,


  1. albatta, Men jahannamni sen va ular orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to'ldirurman!"


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Men (Payg'ambarligim uchun) sizlardan haq so'ramayman va men (payg'ambarlikni o'zimcha) da'vo qiluvchilardan ham emasman.


  1. (Ushbu Qur'on) faqat olamlar uchun eslatmadir.


  1. Qasamki, sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarini (ozgina) vaqtdan so'ng (Qiyomat kuni), albatta, bilursizlar".

ZUMAR SURASI
Zumar - guruhlar demakdir. Surada qiyomat kuni odamlar jannat va do'zaxga guruh-guruh bo'lib kirishlari tasvirlangan. Binobarin, suraga ham shu nom berilgan. Undagi oyatlarda Alloh taolo o'z bandalariga turli hayotiy misollar keltirib, O'zining qudrat va hikmatlarini bayon etish bilan oxiratga tayyorlanish yo'llarini ko'rsatadi. .

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling