Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet120/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam!

Izoh: Oyatdagi "zikr" so'zini Ibn Abbos (r. a. ) bayon deb tafsir qilganlar. Ba'zilar uni sharaf deb izohlaydilar. Bu haqiqatdan uzoqroq ko'rinadi. Zikr so'zini o'zbekchada ham zikr shaklida ishlatiladi. Faqat mazmunda farq qilishi mumkin. Masalan "zikr" so'zining eslash, aytish, ma'lum yod olgan narsalarini o'qish, bayon etish kabi ma'nolari mavjud. Binobarin, bu yerda zikr manbai deyilsa, mazmun umumiyroq bo'lishi ko'zda tutildi.

  1. Ha, kofir bo'lgan kimsalar (haqiqatni qabul qilishdan) g'ururda va muxoliflikda (doimiy)dirlar.


  1. Biz ulardan ilgari qancha avlodni (kufrlari sababli) halok qilganimizda ular yordam so'rab nido (iltijo) qilganlar, (ammo u vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.


  1. (Makka mushriklari) ularga o'zlaridan (bashar avlodidan) ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar va kofirlar dedilar: "Bu (bir) yolg'onchi sehrgardir.


  1. (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!"


  1. Ulardan kattalari (bir-birlariga) dedilar: "Yuringlar, o'z ilohlaringizga (sig'inishda) abrli bo'linglar! Albatta, bu iroda etilgan narsadir.


  1. Bizlar bu haqda (tavhid haqida) so'nggi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir.


  1. Bizlarning oramizda (zodagonlar turib) o'sha (Muhammad)ga zikr (Qur'on) nozil qilinibdimi?!" Ha, ular Mening eslatmam (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar. O'a, ular hali Mening azobimni totib ko'rganlari yo'q.


  1. Yoki ularning oldilarida qudratli va saxovatli Rabbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!


  1. Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi?! U holda (ko'k sari) narvonlarga chiqaversinlar!


  1. (Ey, Muhammad, Makka mushriklari) o'sha yerning o'zida yengilib bituvchi firqalardan bir qo'shindir, xolos.


  1. Ulardan ilgari ham Nuh qavmi, Od (qabilasi) va qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lgan Fir'avn (ham payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqargandilar.


  1. Shuningdek, Samud (qabilasi), Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Ana o'shalar (ham) firqalardir.


  1. Barchalariga faqat payg'ambarlarni inkor etganlari sababli Mening jazoyim muqarrar bo'ldi.


  1. Ana o'shalar hech to'xtamasdan keladigan birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.


  1. Ular (Makka mushriklari masxara qilishib): "Parvardigoro, bizlarga (va'da qilingan azobdan) nasibamizni O'isob kunidan ilgari tezroq keltira qolgin", - dedilar.


  1. (Ey, Muhammad,) Siz ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz - (toat-ibodatda) baquvvat bo'lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!


  1. Biz tog'larni kechki payt va ertalab (mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib, bo'yin sundirib qo'ydik.


  1. Shuningdek, (har tarafdan) to'planuvchi qushlarni ham. (Tog'lar va qushlarning) barchalari Dovudga butunlay qaytuvchidir.

Izoh: Dovud (a. s.) Allohga tasbeh aytganlarida, undan ta'sirlangan qushlar ham chug'urlashib, birga tasbeh aytar ekanlar. Oyatda shu mazmunga ishora qilinmoqda.

  1. Uning hukmronligini ham mustahkam qildik va unga hikmat hamda qat'iy xitob (haqqoniy hukm chiqarishni) ato etdik.


  1. (Ey, Muhammad,) Sizga da'vogar (ikki jamoat) xabari keldimi? O'shanda ular (Dovud ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishdi.


  1. Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qo'rqib ketdi. Ular dedilar: "Qo'rqmagin, (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da'vogardirmiz. Bas, sen bizlarning o'rtamizda haqqoniy hukm qilgin va (bizlardan birortamizga) jabr qilmagin hamda bizlarni To'g'ri yo'lga boshlagin".


  1. (Ularning biri dedi): "Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning to'qson to'qqiz sovliq qo'yi bor, mening esa birgina sovlig'im bordir. Bas, u: "O'shani ham menga topshirgin", -dedi va meni bahsda yengib qo'ydi".


  1. (Dovud ikkinchi da'vogarni tinglamasdanoq) dedi: "Darhaqiqat, u sening sovlig'ingni o'z sovliqlariga (qo'shib olishni) so'rab senga zulm qilibdi. Darvoqe, ko'p oshna-og'aynilar bir-birlariga zulm qilurlar.

Faqat imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina (zulm qilmaslar), Ular esa juda ozdirlar". Dovud uni imtihon qilganimizni bildida, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag'firat qilishni so'radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba qildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling