Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet29/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh:Ular umid qilmagan narsalar turiga shahidlik va jannat ne'matlari kiradi.

  1. Albatta, Biz Sizga ushbu Kitob (Qur'on)ni odamlar orasida Alloh ko'rsatgan yo'l bilan hukm etishingiz uchun barhaq nozil etdik. Xoinlarga esa homiy bo'lmang!


  1. Yana, Allohdan kechirim so'rang. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.


  1. O'zlariga xiyonat qiluvchilar haqida tortishib o'tirmang. Albatta, Alloh xiyonatchi va jinoyatchi bo'lgan kimsani sevmaydi.

Izoh:Bu oyat madinalik To''ma ibn Ubayriq degan shaxs xususida nozil qilingan. U o'z qo'shnisining sovutini o'g'irlab, boshqa xonadonga yashirib qo'yadi. Rasululloh huzurida uni oqlaganlarida ularga ishonib To''mani himoya qilganlar. Oyatda xiyonatchilar qoralanib, Payg'ambar (a. s.) orqali barcha musulmonlarga xiyonatchi va jinoyatchilar yonini olmaslikka chaqirilmoqda.

  1. (Jinoyatlarini) odamlardan yashiradilar, (lekin) Allohdan yashira olmaydilar. (Alloh) rozi bo'lmaydigan gaplar rejasini xufyona tuzayotganlarida (ham) U ular bilan birga edi. Alloh ularning qilmishlarini qamrab oluvchidir.


  1. Ey, sizlar! (Bu) dunyo hayotida-ku ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida ularni kim himoya qilib, yonlarini olur yoki ularga kim vakil bo'lur?!


  1. Kimda-kim biror yomon ish qilsa yoki o'z joniga jabr qilsa, so'ngra Allohdan kechirim so'rasa, Allohning (qanchalik) kechiruvchan va rahmli ekanini idrok etadi.


  1. Har kim gunoh (ish) qilsa, faqat o'zining zarariga qilgan bo'lur. Alloh bilim va hikmat egasidir.


  1. Har kim biror xatolik yoki gunoh ishga qo'l ursa-yu, so'ngra unda begunoh odamni ayblasa, albatta, bo'hton va aniq gunohni (bo'ynida) ko'targan bo'lur.


  1. Agar Sizga Allohning fazli va rahmati bo'lmaganida edi, ularning bir toifasi Sizni adashtirishga azmu qaror qilgan edilar. Ular o'zlarinigina adashtiradilar. Sizga esa biror zarar yetkazmaydilar. Alloh Sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi. Allohning Sizga (nisbatan) fazli buyukdir.


  1. Ularning ko'pgina shivir-shivirlarida - agar sadaqa berishga yoki ezgulikka buyurishga yoxud odamlar o'rtasini isloh qilishga buyurmagan bo'lsa - yaxshilik yo'qdir. Kimda-kim Alloh rizosi uchun shuni qilsa, unga ulkan mukofot berajakmiz.


  1. Kimda-kim hidoyat unga aniq bo'lgandan keyin Payg'ambarga muxoliflik qilsa, mo'minlar yo'lidan o'zgasiga ergashsa, Biz uni o'zi ketayotgan yo'liga qo'yib beramiz va (oxiratda) uni jahannamda toblaymiz. Naqadar noxush joy u!


  1. Albatta, Alloh Unga (biror narsa) sherik qilinishini kechirmaydi. Bundan o'zga (gunohlar)ni (O'zi) xohlagan kishilar uchun kechirgay. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, demak, u (yo'ldan) juda uzoqqa adashibdi.

Izoh: "Ahli sunnat va jamoat", ya'ni, biz musulmonlarning aqidamizga ko'ra, musulmon odam kattami, kichikmi gunoh qilsa, kofir bo'lmaydi, balki gunohkor bo'ladi. Gunohni esa kechirish yoki kechirmaslik Allohning ixtiyoridadir. Kechirilmaydigan gunoh - bu shirk va kufrdir. Mazkur oyat shu aqidaga asos bo'la oladi.

  1. Ular (mushriklar) Allohni qo'yib, faqat ayollar (Lot, Uzzo va Manot otli but-sanamlar)ga sig'inadilar yoki isyonkor shaytonga sig'inadilar.


  1. Alloh uni (shaytonni) la'natladi. (U) dedi: "Albatta, bandalaringdan belgilangan ulushimni olurman,


  1. ularni adashtiraman, ularni hoyu havasga cho'ktiraman. Buyursam ular hayvonlar qulog'ini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni o'zgartiradilar". Kimki Allohni qo'yib shaytonni do'st tutsa, demak, u aniq ziyon qilibdi.

Izoh:Alloh yaratgan narsani o'zgartirish deganda erkaklik va ayollik jinslarini, qiyofasini o'zgartirish, odamzotni bichish kabilar kiradi. Alloh taolo insoniyatni turli millat, xilma-xil shakl va rangda yaratgan hamda ushbu ilohiy andoza to qiyomatgacha davom etishini iroda qilgan. Ba'zi shakkok kimsalarning o'z milliy xususiyatlaridan voz kechishlari ilohiy ta'limotga zid ekanligi mazkur oyat va uning tafsirlarida o'z ifodasini topgan.

  1. Ularga (shayton) va'da beradi, ularni hoyu havasga soladi. Shayton ularga g'urur (vasvasasi)dan o'zga narsani va'da qilmaydi.


  1. Ana o'shalarning joyi jahannamdir. Undan xalos topa olmaydilar.


  1. Imon keltirib, solih ishlarni qilganlarni (esa) ostidan anhorlar oqadigan jannat bog'lariga kiriturmiz - ular u yerda abadiy qolib yasharlar. Bu Allohning haqqoniy va'dasidir. Allohdan so'zi to'g'riroq kimdir?!


  1. (Bu) - sizlarning orzularing bilan ham emas, ahli kitoblarning orzulari bilan ham (erishadigan narsa) emasdir. Kimki yomonlik qilsa, o'sha (yomonlik) bilan jazolanur. O'ziga Allohdan o'zga na biror do'st topadi va na biror yordamchi.


  1. Kimki, u xoh erkak bo'lsin, xoh ayol - mo'minlik holida savobli ishlar qilsa, aynan ular jannatga kirurlar va ularga xurmoning dumicha ham zulm qilinmagay.


  1. Ezgu ish qiluvchi holida yuzi (o'zi)ni Allohga bo'yin sundirgan va to'g'ri yo'l (sanalmish) Ibrohim diniga ergashgan kishidan boshqa kimning dini chiroylidir?! Alloh esa, Ibrohimni do'st tutgandir.


  1. Osmonlar va Yerdagi borliq Allohnikidir. Alloh har narsani ihota etuvchi (qamrab oluvchi)dir.


  1. Sizdan (ey, Muhammad,) ayollar to'g'risida fatvo so'raydilar. Ayting: "Ular to'g'risida sizlarga Alloh fatvo berur hamda Kitob (Qur'on)da tilovat qilinadigan (oyatlar) ham: yetim ayollar, ular uchun farz qilingan narsa (mahr)ni bermasdan nikohingizga olishga qiziqishingiz, zaif bolalar va yetimlarga nisbatan adolatli turishingiz (haqida). Nimaiki yaxshilik qilsangiz, Alloh, albatta, uni biluvchidir.


  1. Qaysi bir xotin eridan (unga nisbatan) ko'ngilsizlik yoki voz kechishdan qo'rqsa, ikkalasi o'rtalarini isloh qilib olishlarida ularga gunoh yo'qdir. Sulh (ajralishdan) yaxshiroqdir. Nafslarga baxillik (qizg'anchiqlik) bitilgan. Agar (xotinlaringizga) yaxshilik (chiroyli muomala) qilsangiz va Allohdan qo'rqsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.


  1. Har qancha istasangiz ham xotinlaringiz o'rtasida adolatli (hammasiga bir xil munosabatda) bo'la olmaysiz. Bas, (biriga) butunlay berilib ketib, (ikkinchisini) muallaq holda tashlab qo'ymangiz! Agar (ular bilan munosabatingizni adolat asosida) tuzatsangizlar va taqvoli bo'lsangizlar, albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.


  1. Agar ikkisi (er-xotin biror sabab bilan) ajralishib ketsa, Alloh (ularning) har birini o'z kengligidan (rizqi bilan) ta'minlab qo'yadi. Alloh (karami) keng va hikmat sohibidir.

Izoh:Qandaydir sabab bilan turmushi buzilgan er-xotinlar uchun ushbu oyat tasalli beradi. Zero, Allohning o'zi va'da qilayaptiki, shunday holatga tushganlarni O'zining fazlu karami bilan moddiy va ma'naviy jihatdan ta'minlaydi.

  1. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Sizlardan oldingi Kitob berilganlarga va sizlarga ham, Allohdan qo'rqinglar, deb vasiyat qilganmiz. Agar kufrni ixtiyor etsangizlar, bas, albatta, osmonlaru Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh behojat va hamd egasidir.


  1. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh yetarli vakildir.


  1. Agar (U) xohlasa, ey, insonlar, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), boshqalarni keltiradi. Alloh bunga qodirdir.


  1. Kimki bu dunyo savobini istasa, (bilib qo'ysinki,) Alloh huzurida ham bu dunyoning, ham oxiratning savobi bordir. Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.


  1. Ey, imon keltirganlar! Adolatda barqaror turib, o'zlaring yoki ota-onalaring va qarindoshlaring zarariga bo'lsa-da, Alloh uchun (to'g'ri) guvohlik beringizlar! U (guvohlik beriluvchi) boy bo'ladimi, kambag'al bo'ladimi, Alloh u ikkisiga yaqinroqdir. Bas, adolatli bo'lishlaringiz uchun havoyi nafsga berilib ketmangizlar! Agar (tillaringizni) bursangizlar yoki (guvohlikdan) bosh tortsangizlar, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.


  1. Ey, imon keltirganlar! Allohga, Payg'ambariga, (shu) Payg'ambariga nozil qilgan Kitob (Qur'on)ga hamda ilgari nozil qilgan Kitobga imon keltiringizlar! Kimki Allohni, farishtalarini, kitoblarini, payg'ambarlarini va oxirgi Kunni inkor etsa, demak, u juda uzoq (qattiq) adashibdi.


  1. Darhaqiqat, imon keltirib, so'ngra kufrga ketgan, keyin yana imon keltirib, so'ngra yana kofir bo'lgan, so'ngra kufrlari ortib borganlarga (nisbatan) Alloh sira mag'firat etadigan va to'g'ri yo'lga soladigan emasdir.


  1. Munofiqlar uchun alamli azob borligi haqida ularga "bashorat" berib qo'ying!


  1. (Ular) mo'minlarni qo'yib, kofirlar bilan do'st tutinadilar. O'sha (kofir)lardan kuch-quvvat izlaydilarmi?! Bor kuch-qudrat Allohniki-ku!


  1. Alloh sizlarga Kitobda: "Allohning oyatlari inkor etilayotgani va mazax qilinayotganini eshitsangiz, to boshqa gapga o'tmagunlaricha, ular bilan birga o'tirmangiz!"- deb, (oyat) nozil qilgan edi. Albatta, sizlar unda (birga o'tirganda), ular bilan (gunohda) tengsiz. Albatta, Alloh barcha kofirlar va munofiqlarni jahannamga jam qiluvchidir.


  1. Ular sizlarni kuzatib turadilar: agar sizlarga Allohdan fathu zafar (g'alaba) bo'lsa, "sizlar bilan birga emasmidik? (O'ljadan bizga ham beringlar)", - deyishadi. Bordiyu (g'alabadan) kofirlar nasibador bo'lishsa: "Sizlardan ustun turgan va sizlarni mo'minlardan himoya qilgan biz emasmi?" - deyishadi. Ular haqida Allohning (O'zi) qiyomat kuni hukm chiqaradi. Alloh kofirlar uchun mo'minlarga qarshi sira yo'l bermaydi.


  1. Darhaqiqat, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladilar. Holbuki, Alloh ularni "aldab qo'yuvchidir". Namozga tursalar ham dangasalik bilan odamlar ko'rsinga turadilar va Allohni juda kam esga oladilar.


  1. Ular o'rtada sarsondirlar: na u yoqlik emaslar va na bu yoqlik. Kimniki Alloh adashtirsa, unga sira yo'l (chora) topa olmaysiz.


  1. Ey, imon keltirganlar! Mo'minlar qolib, kofirlar bilan do'st tutinmangiz! Allohga o'zingizga qarshi aniq hujjat paydo qilmoqchimisiz?!


  1. Albatta, munofiqlar do'zaxning eng tubida (bo'lur)lar. Ularga (biror) yordamchi topmaysiz.


  1. Illo, tavba qilib o'zlarini tuzatgan, Alloh bilan bog'lanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilganlar, aynan ular mo'minlar bilan birga bo'lurlar. Mo'minlarga esa Alloh buyuk mukofot ato etur.


  1. Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni qabul etuvchi va biluvchi zotdir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling