Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet86/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. To, ho.


  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga bu Qur'onni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun emas,


  1. balki (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun eslatma sifatida nozil qildik.


  1. (U) Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot (tomoni)dan nozil qilingandir.


  1. (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir.


  1. Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir.


  1. Agar (Siz) oshkora gapirsangiz ham (yoki xufyona gapirsangiz ham), albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.


  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning go'zal ismlari bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) Sizga Muso haqidagi xabar keldimi?


  1. Eslang, u (uzoqdan) bir olovni ko'rib oilasiga: "(Shu yerda) turinglar, men bir olovni ko'rib qoldim, shoyadki sizlarga biror cho'g' olib kelarman yoki shu o't (atrofi)da biror yo'l (ko'rsatuvchi) toparman",- dedi.


  1. Bas, olov (yaqini)ga kelgach: "Ey, Muso!" - deb nido qilindi.


  1. "(Ey, Muso,) Men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidadirsan.


  1. Men seni (payg'ambarlikka) tanladim. Bas, (O'zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut!


  1. Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o'zga iloh yo'q! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni eslaganingda namozni ado qil!


  1. Qiyomat albatta keluvchidir. (Lekin) har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun uni (qachon bo'lishini) yashirishni istayman.


  1. Bas, unga (qiyomatga) ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar seni undan to'smasinlarki, u holda halok bo'lursan.

17.Ana u - qo'lingdagi nimadir, ey, Muso?!"

  1. (Muso) dedi: "U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib berurman. Yana unda boshqa hojatlarim ham bor".


  1. (Alloh) aytdi: "Uni (yerga) tashlagin, ey, Muso!"


  1. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo'lib qoldi.


  1. (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz.


  1. Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa mo''jizadir.

Izoh: Hech qanday yomonliksiz, ya'ni, qo'lingni nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emas, balki u sog'lom holda Mening qudratim bilan yog'du sochur.

  1. Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik).


  1. (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)".


  1. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin,


  1. ishimni oson qilgin,


  1. tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin,


  1. (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar.


  1. Menga o'z ahlimdan vazir qilgin.


  1. Ya'ni, birodarim Horunni.


  1. U bilan belimni baquvvat qilgin.


  1. Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin.


  1. Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik


  1. va Seni ko'proq yod etaylik.


  1. Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan".


  1. (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso!


  1. Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik.


  1. O'shanda onangga (shunday) vahiy yuborgan edik:


  1. - "Uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to'lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani (Fir'avn) ushlab olur". (Ey, Muso, barchaga suyukli bo'lishing) va Mening ko'z o'ngimda (himoyamda) o'sishing uchun senga o'z tomonimdan muhabbat (joziba) tashladim.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling