Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet88/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Uning ko'rgan narsasi - Jabroil farishta Muso (a. s.) oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog'i tekkan narsalarga jon kirgani edi.

  1. (Muso) dedi: "Bas, ket! Endi sen uchun hayotda "(Menga) tegish yo'q!" deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va'da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig'inayotgan

"ilohing" (holi)ni ko'rib qo'y! Biz, albatta, uni yondirib, so'ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz".
Izoh: Ya'ni yakka moxov bo'lib qolursan.

  1. Ilohingiz Allohdirki, undan o'zga iloh yo'q, U barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir.


  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga o'tib ketgan (avlod)lar xabarlarini shu tarzda so'zlab berurmiz. Shuningdek, (Biz) Sizga o'z dargohimizdan zikr (Qur'on) keltirdik.


  1. Kim undan yuz o'girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko'tarur.


  1. Ular u yuk (osti)da mangu qolurlar. U (yuk) qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk bo'lur.


  1. (U) sur chalinadigan kundir. U kunda Biz jinoyatchilarni ko'zlari (qo'rquvdan) ko'k (nursiz) bo'lgan hollarida yig'urmiz.


  1. Ular o'zaro shivirlashib: "(Dunyoda) o'n kungina turdinglar" (deydilar).


  1. Biz ularni aytadigan so'zlarini yaxshi bilurmiz. o'shanda ularning yo'lga chechan (dono)lari: "Bir kungina turdinglar",- deydi(lar).


  1. (Ey, Muhammad,) ular sizdan tog'lar (qiyomatda nima bo'lishi) haqida so'raydilar. Bas, ayting:

"Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur".

  1. So'ng (yerni) tep-tekis qilib qo'yur.


  1. Unda na egrilik (pastlik) va na balandlikni ko'rursiz.


  1. U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay - bukilmay (so'zsiz) ergashurlar. Ovozlar ham Rahmonga buyin sunur, bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz.


  1. U kunda shafoat (oqlov) faqat Rahmon izn bergan va so'zidan U rozi bo'lgan kishidan boshqaga foyda bermas.


  1. U ularning oldilaridagi (ya'ni, oxiratdagi) va ortlaridagi (ya'ni, dunyodagi) bor narsani bilur. Ular esa Uni ilm bilan ihota qila olmaslar.


  1. Yuzlar (insonlar) Tirik va mangu Turuvchi (Alloh)ga ta'zim qilurlar. Zulmni (shirkni) ko'tarib kelgan kishi, albatta, noumid bo'lur.


  1. Kimki mo'min bo'lgan holda ezgu ishlarni qilsa, bas, u zulmdan (qilmagan gunohlarga javob berishdan), kamayishdan, (savobi to'la berilmay qolishidan) ham xavf qilmas.


  1. Shuningdek, Biz uni arabcha Qur'on qilib tushirdik va unda qo'rqinchli va'dalarni bayon qildik. Shoyadki ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu va'dalar) ular uchun eslatma paydo qilsa.


  1. Haqqoniy Podshoh-Alloh oliy zotdir. (Ey, Muhammad,) Sizga (Qur'on) vahiysi adosidan ilgari qiroat qilishga shoshmang va ayting: "Ey, Rabbim, menga ilmni ziyoda et!"


  1. Biz ilgari Odam bilan (Jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida) ahdlashgan edik, u (ahdni) unutdi va Biz unda azm (qat'iyat)ni ko'rmadik.

Izoh: Taqiqlangan daraxt - uzum yo anjir, yoki olma, yoxud bugdoy ekani haqida rivoyatlar bor.

  1. Eslang, Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar", deyishimiz bilan sajda qildilar, faqat iblis bosh tortdi.


  1. Bas, aytdik: "Ey, Odam, albatta, bu (iblis) senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo'lib qolursan.


  1. Shubhasiz, sen u joyda (jannatda) och va yalang'och qolmaysan.


  1. Va u joyda tashna ham bo'lmaysan, issiqda ham qolmaysan".


  1. So'ng shayton unga vasvasa qilib: "Ey, Odam, men senga abadiyat daraxti va chirimas (yo'q bo'lmas) mulkka boshlab boraymi?" - dedi.


  1. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo'lib, yanglishdi.


  1. So'ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi.


  1. (Alloh) aytdi: "Undan (ya'ni, jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ba'zingiz (zurriyotingiz) ba'ziga dushmandir. Bas, sizlarga Men (taraf)dan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas.


  1. Kim Mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo'lur va Biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz".


  1. U: "Rabbim! Nega meni ko'r holda tiriltirding, axir (oldin) ko'ruvchi edim-ku?!" - deydi.


  1. (Alloh) aytur: "Shunday. (Lekin) senga Bizning oyatlarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday "unutilursan".


  1. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga imon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va boqiyroqdir.


  1. Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab) yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) halok qilganimiz ularni to'g'ri yo'lga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar bordir.


  1. Agar Rabbingiz (tomoni)dan (mukofot va jazolar qiyomatda bo'lishi xususida) So'z va belgilangan muddat bo'lmaganida edi, albatta, (ularga darhol azob berilishi) lozim edi.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan (Unga) tasbeh ayting (namoz o'qing)! Kecha(ning boshi va oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi) taraflarida ham tasbeh ayting (namoz o'qing), shoyad rozilikka erishsangiz.

Izoh: Bu oyatda ham besh vaqt farz namozlarining vaqtlari ko'rsatilgan.

  1. Siz (kofirlardan ayrim) toifalarni sinashimiz uchun bahramand qilgan dunyo hayoti go'zalliklaridan iborat narsalarga ko'zlaringizni termultirmang! Rabbingizning rizqi yaxshiroq va boqiyroqdir.


  1. Ahlingizni namoz (o'qish)ga buyuring va (o'zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo'ling! Biz Sizdan rizq so'ramaymiz, (aksincha), Biz sizga rizq berurmiz. Oqibat taqvo (ahli) uchundir.


  1. (Mushriklar: "Muhammad) Parvardigori tomonidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi", - deydilar. Axir, ularga ilgarigi sahifalardagi (ilohiy kitoblardagi) hujjat (Qur'on) kelmadimi?!


  1. Agar Biz ularni undan (Muhammad yoki Qur'ondan) ilgari biror azob bilan halok qilganimizda, ular, albatta: "Parvardigoro, bizlarga biror payg'ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda bo'lmay Sening oyatlaringga ergashar edik", - degan bo'lur edilar.


  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Barcha(miz) kutuvchidir(miz). Bas, kutaveringlar! Yaqinda kimlar To'g'ri yo'l egalari va kim hidoyat topgan ekanini bilursizlar".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling