Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet90/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Mushriklar katta olov yoqib, Ibrohim (a. s.)ning qo'l-oyoqlarini bog'lab, bir manjaniqqa (tosh otish quroli) solib olovga otdilar.

  1. Biz aytdik: "Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!"


  1. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Biz esa ularning o'zlarini ko'proq ziyon ko'ruvchi qilib qo'ydik.


  1. Unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan yer (Shom)ga (yubordik).


  1. Biz (Ibrohimga) Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ham (nabira qilib) qo'shib berdik hamda barchalarini solih kishilar qildik.


  1. Yana ularni Bizning amrimiz bilan (odamlarni) hidoyat etadigan peshvolar qildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to'la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi bo'ldilar.


  1. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlar qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon, buzuq qavm edilar.


  1. Uni (Lutni) o'z rahmatimizga doxil qildik. Haqiqatan, u solihlardandir.


  1. Nuhni (eslang), u ilgari nido qilganida, Biz uni (nidosini) mustajob qilib, o'zini va ahlini buyuk g'amdan qutqardik.

Izoh: Buyuk g'am - to'fon balosi.

  1. Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm ustidan g'alaba ato etdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, ularni barchasini g'arq qilib yubordik.


  1. Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilgan kezlarini (eslang). O'shanda unga qavmining qo'ylari (tunda) kirgan (va uni payhon qilgan) edi. Biz ularning (chiqargan) hukmiga shohid edik.


  1. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. Biz har ikkisiga hikmat (payg'ambarlik) va ilm ato etdik. Tog'lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo'yin sundirib qo'ydik. Biz shunday qila oluvchidirmiz.

Izoh: Rivoyat. Dovud bilan Sulaymon (a. s.)lar huzuriga ikki da'vogar kelib, ulardan birining qo'ylari ikkinchisining ekinzoriga kirib, payhon qilib ketganini aytib, fatvo so'raydilar. Dovud (a. s.) qo'ylar ekinzor egasiga berib yuborilsin, deydilar. Shunda Sulaymon (a. s.) bu hukmga e'tiroz bildirib, qo'ylarni ekinzor egasiga, yerni esa qo'ylarning egasiga berib, ekinzorni avvalgi holiga keltirgandan keyin qo'ylarni qaytarib berishga, bu vaqtgacha tug'ilgan qo'zilar esa ekinzor egasida qoldirilishini taklif etadilar. Dovud (a. s.) bu hukmga rozi bo'ladilar.

  1. Unga (Dovudga) sizlarga ziyon yetishdan saqlaydigan sovut yasash san'atini ta'lim berdik. Bas, sizlar shukr qiluvchimisizlar?!


  1. Sulaymonga esa bo'ronli shamolni (bo'yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin (Shom) sari esadigan (qilib qo'ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz.


  1. Yana shayton (jin)lardan u (Sulaymon) uchun g'avvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham ado etadiganlarini (yaratdik). Yana Biz ularni qo'riqlab turuvchi bo'ldik.


  1. Ayyubning esa Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim,) menga musibat yetishdi. O'zing rahmlilarning rahmlirog'idirsan", - deb iltijo qilgan paytini (eslang).


  1. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o'z huzurimizdan mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo'lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan qo'shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik.

Izoh: Ayyub payg'ambar qadimdan sabr-toqat bobida mashhuri jahon bo'lib, u zarbul-masalga aylanib ketgan. Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga sabr qilgan, shikoyat qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug' dunyoda qisman olishga muyassar bo'lganlar.

  1. Ismoil, Idris va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qiluvchilardandir.


  1. Biz ularni o'z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.


  1. Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlar ichra: "Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim", - deb nido qilgan (paytini eslang)!


  1. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g'amdan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot berurmiz.


  1. Zakariyoning: "Ey, Rabbim, meni yolg'iz tashlab qo'yma (merosxo'r farzand ato et), o'zing vorislarning yaxshirog'idirsan", - deb nido qilgan paytini (eslang).


  1. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o'nglab (tug'adigan qilib) qo'ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg'ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag'bat va qo'rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar.


  1. Yana o'z nomusini saqlagan ayolni (Maryamni eslang). Bas, ruhimizdan unga pufladik (u Isoga homilador bo'ldi) va uni hamda o'g'lini olamlar uchun alomat qildik.


  1. (Ey, insonlar,) sizlarni ushbu diningiz (aslida) bir din (ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingizlar!


  1. (Odamlar) esa ishlarini (dinlarini) o'zaro bo'lib oldilar. Barcha(lari) Biz sari qaytuvchidirlar.


  1. Bas, kim mo'minlik holida solih (amal)lardan qilsa, uning sa'y-harakati zoye ketmas. Biz, albatta, uni yozib qo'yuvchidirmiz.


  1. Biz halok qilgan qishloq (ahli) qayta (hayotga) kelmasligi mumkin emasdir.


  1. To Ya'juj va Ma'juj (to'g'oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan,


  1. haqqoniy va'da (qiyomat) yaqin bo'ladigan vaqtda bexos kofir bo'lganlarning ko'zlari qotib: "Ey, holimizga voy, bizlar bundan g'aflatda ekanmiz. (Yo'q), balki bizlar zolim ekanmiz" (deydilar).


  1. (Ey, mushriklar,) sizlar va Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz ham jahannam o'tinlaridir. Sizlar Unga tushuvchidirsizlar!


  1. Agar o'sha (ma'buda)lar (chindan ham) shohlar bo'lganida, (jahannamga) tushmagan bo'lur edilar.

Barchalari u yerda mangu qoluvchidirlar.

  1. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u yerda (hech narsani) eshitmaslar.


  1. Albatta, Biz (tomon)dan sobiqan go'zal (martaba) berilgan zotlar - aynan o'shalar (jahannamdan) uzoq qilinganlardir.


  1. Ular uning (olovning) sharpasini ham eshitmaslar. Ular o'zlari istagan ne'matlarda mangudirlar.


  1. Ularni Buyuk dahshat (qiyomat) g'amgin qilmas. Ularni farishtalar: "Mana shu sizlarga va'da qilingan kundir", - deb kutib olurlar.


  1. U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan kabi o'rab, birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, (o'sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz.


  1. Biz Zikrdan so'ng Zaburda: "Albatta, (jannatdek) yerga faqat Mening solih bandalarim voris bo'lurlar", - deb yozib qo'ygandirmiz.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling