Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet91/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu yerdagi "Zikr" so'zidan murod Tavrot kitobi yoki Lavhi mahfuzdir.

  1. Albatta, bunda ibodat qiluvchilar qavmi uchun yetarli narsa bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz.

Izoh: Oyatdagi rahmat juda keng ma'noni anglatadi. Ularni bilish uchun Muhammad (a. s.)ning kelishlari, shariatlarining bag'rikengligi, hatto kufr va shirk ahliga ham zulmni ravo ko'rmasligi, mehr oqibat, ezgulik kabi fazilatlar manbai bo'lganliklarini keltirish mumkin.

  1. Ayting: "Menga ilohingiz yagona Iloh ekani vahiy qilinur. Bas, (endi) musulmonmisizlar?"


  1. Bas, agar yuz o'girsalar, ayting: "Men sizlarga (vahiyni) barobar eshittirdim. Sizlarga va'da qilingan (qiyomat azobi) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman.


  1. Albatta, U so'zning oshkorasini ham bilur, sizlar yashiradigan (so'zlar)ni ham bilur.


  1. Bilmayman, ehtimol bu (jazoning kechiktirilishi) sizlar uchun bir sinov va bir oz vaqtgacha (o'lguningizgacha) foydalanishdir".


  1. (Muhammad) aytdi: "Ey, Rabbim! o'zing haqqoniy hukm qilgin! Rabbimiz mehribondir va sizlarning (noo'rin) sifatlashlaringizga qarshi Undan madad so'raluvchidir".

HAJ SURASI
Surada Haj ibodati, Ka'ba tarixi haqida oyatlar borligi uchun unga haj surasi deb nom berilgan. Surada oxirat, qiyomat voqealari, mahshargohdagi holatlar, imon, e'tiqod, ilohiy o'gitlar keng yoritilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ey, insonlar! Rabbingizdan qo'rqingiz! Zero, qiyomat zilzilasi ulkan (dahshatli) narsadir.


  1. Uni ko'radigan kuningizda har bir emizuvchi (ona) emizib turgan (bolasi)ni unutar va har bir homilador o'z homilasini tashlar hamda odamlarni "mast" holda ko'rasiz, holbuki, ular mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir.


  1. Odamlar orasida o'zi bilmagan holda Alloh xususida munozara qiladigan va har qanday itoatsiz shaytonga ergashib ketadigan kimsalar ham bordir.


  1. Uni do'st tutgan kimsani, albatta, yo'ldan ozdirish va do'zax azobiga yo'llash uning zimmasiga yozib qo'yilgandir.


  1. Ey, insonlar! Agar sizlar qayta tirilishdan shubhada bo'lsangizlar, (qaranglar), Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlarni (otangiz Odamni) tuproqdan, so'ngra (Odam naslini) maniydan, so'ngra laxta qondan, so'ngra (shakllanib) bitgan va bitmagan parcha go'shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) xohlaganimizcha - muayyan muddatgacha bachadonlarda qoldirib, so'ngra chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarurmiz, so'ngra voyaga yetgunlaringizgacha (tarbiya qilurmiz). Sizlardan (go'daklik va yoshlikda) vafot etadiganlar ham bo'lur, yana sizlardan bilimlarni bilganidan so'ng hech narsani bilmay qolishi uchun eng tuban umrga (o'ta keksalikka) qaytariladiganlar ham bo'lur. Yerni qo'riq holda ko'rursiz. Bas, qachonki, Biz uning ustidan (yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelib ko'pchir va turli go'zal (nabotot) juftlarini undirur.


  1. Bu Alloh Haq ekani va Uning o'zi o'liklarni tiriltirishi hamda U hamma narsaga qodir ekanidandir.


  1. Yana aniqki, qiyomat shaksiz keluvchidir va albatta, Alloh qabrdagilarni tiriltirur.


  1. Odamlar orasida Alloh haqida munozara qiladiyu, lekin o'zi ilmsiz, hidoyat topmagan, biror nurli Kitobi yo'q,


  1. (to'g'ri yo'ldan) bo'yin tovlab, (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan ozdirish maqsadida yuradiganlar ham bordir. Uning uchun bu dunyoda rasvolik bo'lur, qiyomat kunida esa unga yong'in azobini totdirurmiz.


  1. (Unga dermiz): "Bu (azob) o'z qo'llaring (bilan) qilgan gunohing sabablidir. Zero, Alloh sira bandalariga zulm qiluvchi emasdir".


  1. Odamlar orasida Allohga bir ёqlama (til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir: bordiyu unga yaxshilik yetsa, o'sha sababli xotirjam bo'lur, agar biror baxtsizlik yetsa, (dindan) yuz o'girib ketur. (U) dunyoyu oxiratda ziyon ko'rur. Bu esa aniq ziyondir!


  1. U, Allohni qo'yib, o'ziga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsalarga iltijo qilur. Bu qattiq adashishning o'zidir!


  1. U, zarari foydasidan yaqinroq bo'lgan "kimsa"larga iltijo qilur. Ular naqadar yomon "xoja" va naqadar yomon "oshno"dir!


  1. Albatta, Alloh imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta, Alloh xohlagan (ish)ini qilur.


  1. Kimda-kim: "Alloh unga (Payg'ambariga) dunyo va oxiratda sira yordam qilmas", - deb gumon qilsa, bir arqon bilan shiftga osilib, (o'zini) bo'g'sin, so'ng qarasin, (bu) makri g'azabini ketkazarmikan.

Izoh: Ya'ni Allohning O'z payg'ambariga ko'rsatayotgan yordamini ko'rib, ich-ichidan kuyish o'rniga, yaxshisi hasadgo'y kishilar o'zlarini dorga osib qo'yaqolsinlar.

  1. Biz uni (Qur'onni) mana shunday bayon etuvchi oyatlar shaklida nozil qildik. Alloh o'zi istagan kishilarni hidoyat qilur.


  1. Darhaqiqat, imon keltirganlar, yahudiy bo'lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig'inuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va mushrik bo'lganlar - aniqki, Alloh qiyomat kunida ularning o'rtasini ajrim qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga shohiddir.


  1. (Ey, Muhammad,) osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog'lar, daraxtlar va

(barcha) jonivorlar hamda ko'p insonlarning (yolg'iz) Allohga sajda qilishini ko'rmadingizmi? Ko'p (odam)larga esa (kofir bo'lganlari sababli) azob haq bo'lgandir. Kimni Alloh xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yo'qdir. Albatta, Alloh o'zi xohlagan narsani qilur!

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling