Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet113/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni, Alloh mo’min bandalariga jannatda "Assalomu alaykum" deb salom bilan kutib olajak, inshoallohu taolo.

  1. Ey, Payg'ambar, darhaqiqat, Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo'luvchi, (jannat xaqida) xushxabar beruvchi va (do'zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik.


  1. Allohning izni bilan Unga (diniga) da'vat qiluvchi va (yo'l ko'rsatuvchi) nurli chiroq qilib ham.


  1. Alloh tomonidan berilajak katta fazl (jannat) haqida mo’minlarga xushxabar bering!


  1. Kofirlar va munofiqlarga bo'yin sunmang va ularning aziyatlariga parvo qilmang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning O’zi yetarli vakil (homiy)dir.


  1. Ey, mo’minlar, qachonki, sizlar mo’minalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, so'ngra ularga "tegish"dan ilgari ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yo'qdir. Bas, sizlar ularni (ozgina) bahramand etib, chiroyli kuzatish bilan kuzatinglar!


  1. Ey, Payg'ambar, albatta, Biz Sizga mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh Sizga o'lja qilib bergan qo'l ostingizdagi cho'rilaringizni, Siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog'angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo’mina ayolni - agar u o'zini payg'ambarga tortiq etsayu, payg'ambar uni (mahrsiz) o'z niqohiga olishni istasa, (mazkur ayollarni Siz uchun) halol qildik. (Mahrsiz uylanish barcha) mo’minlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz (mo’minlarga) juftlari va qo'l ostilaridagi cho'rilari haqida farz qilgan hukmlarimizni esa aniq bildik. Bu Sizga tanglik bo'lmasligi uchundir. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.


  1. Siz ulardan o'zingiz xohlagan ayolni qoldirib, o'zingiz xohlagan ayolni o'zingizga hamxona qilursiz. O’zingiz chetlatgan ayollaringizdan birortasini (hamxonalikka) istasangiz, Sizga hech qanday gunoh bo'lmas. Bu ularning ko'zlari quvonishiga, g'amgin bo'lmasliklariga va Siz ularga ato etgan narsaga barchalari rozi bo'lishlariga yaqinroq (yo'l)dir. Alloh sizlarning dillaringizdagi narsani (ham) bilur. Alloh bilimdon va halimdir.


  1. (Ey, Muhammad,) Siz uchun bundan so'ng ayollar (ya'ni, uylanishingiz) halol bo'lmas. Garchi (boshqa xotinlarning husni Sizni qiziqtirsa ham ularni (o'z ayollaringizga) almashtirish ham (halol bo'lmas). Illo, Siz ega bo'lgan cho'rilar (haloldir). Alloh barcha narsa ustidan kuzatib turuvchi zotdir.


  1. Ey, imon keltirganlar, Payg'ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina kiringlar. (O’shanda ham) unga erishishga ko'z tutib turmangizlar, balki chaqirilganingizda kiringiz va taomdan so'ng gapga berilib ketmay, tarqalingiz! Zero, bu Payg'ambarga ozor berur, u esa sizlardan iymanar. Alloh haq (gap)dan tortinmas. Qachonki, sizlar ulardan (payg'ambar ayollaridan) biror narsa so'rasangizlar, parda ortidan so'rangizlar! Mana shu sizlarning dillaringiz va ularning dillariga nisbatan ham tozaroq (ish)dir. Sizlar uchun Allohning payg'ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz hech mumkin emasdir. Chunki, bu Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir.


  1. Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar ham, albatta, Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.


  1. (Payg'ambar ayollari) o'z otalariga, o'g'illariga, og'a-inilariga, og'a-inilarining o'g'illariga, opasingillarining o'g'illariga, (mo'mina) ayollarga va qo'l ostilaridagi cho'rilarga (hijobsiz ko'rinishlarida) ularga gunoh yo'qdir. (Ey, payg'ambar ayollari), Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh barcha narsaga guvohdir.


  1. Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg'ambarga salavot ayturlar. Ey mo’minlar, (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar!


  1. Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, oxiratda ham la'natlar va ular uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qo'ygandir.


  1. Mo'min va mo'minalarga qilmagan gunohlari bilan ozor beradigan kimsalar bo'hton va aniq gunohni o'zlariga olibdilar.


  1. Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.


  1. Qasamki, agar munofiqlar, dillarida buzuqlik bo'lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o'z qilmishlaridan) tiyilmasalar, albatta, Biz Sizni ularga qarshi qo'zg'aturmiz, so'ngra ular (Madinada) ozchilikdan boshqasi Siz bilan yonma-yon tura olmay qolurlar,


  1. la'natga duchor bo'lgan hollarida. (U paytda) ular qayerda topilsalar, ushlanurlar va qirib tashlanurlar.


  1. (Bu) ilgari o'tgan zotlar xususidagi Allohning yo'lidir. Allohning yo'lini esa sira o'zgartirilgan topmassiz.


  1. Odamlar Sizdan qiyomat (qachon bo'lishi) haqida so'raydilar. "U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir", - deb ayting. Qayerdan bilursiz, ehtimol, qiyomat yaqinda bo'lar.


  1. Albatta, Alloh kofirlarni la'natladi va ular uchun do'zaxni tayyorlab qo'ydi.


  1. (Ular) na biror do'st va na biror yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar.


  1. Yuzlari olovda aylantiriladigan kunda, ular: "Koshki edi, Allohga itoat etganimizda, payg'ambarga itoat etganimizda", - derlar.


  1. Yana ular: "Parvardigoro, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo'yin sundik, bas, ular bizlarni (to'g'ri) yo'ldan ozdirdilar.


  1. Parvardigoro, ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la'nat bilan la'natlagin", - deydilar.


  1. Ey, mo'minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo'lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro'li kishi edi.


  1. Ey, mo’minlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar!


  1. (Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi.


  1. Biz (bu) omonatni (chin bandalik omonatini) osmonlarga, Yerga va tog'larga taklif etdik, ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u (o'ziga) zulm qiluvchi va nodondir.


  1. Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni jazolash uchun hamda mo’min va mo'minalarning tavbalarini qabul qilish uchun (bu omonatni yukladi). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.

SABA' SURASI
Saba' - Yaman diyoridagi qadimiy shahar nomi. Unda Bilqis ismli malika hukmronlik qilgani va Sulaymon (a. s.) bilan o'rtalarida kechgan mojarolar to'g'risida Naml surasida bayon qilingan edi. Bu surada mazkur Saba' qabilasining noshukurliklari sababli noz-ne'matlardan mahrum bo'lganlari to'g'risida oyatlar kelgani uchun unga shu nom berilgan. Surada Dovud va Sulaymon (a. s.) qissalari, haq bilan botilning o'zaro kurashi, ezgulikka berilajak ajru savoblar, yovuzlikka atalgan uqubat va jazolar to'g'risida ham batafsil ma'lumotlar berilgan. Ayniqsa, jin, dev, parilar ham inson kabi g'aybiy sirlarni mukammal bilmasligi haqida ibratli voqealar ushbu surada o'z aksini topgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling