Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rdingizmi?! Bas, u yetimni jerkiydigan va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir. Izoh: Bu sifat egalari Makkaning ashaddiy kofirlaridir. Os ibn Voil, Valid ibn Mug'ira kabilardir. Oyat ular sha'niga doir bo'lsa-da, uning hukmi umumiy bo'lib, har bir momin-musulmon bu kabi salbiy xususiyatlardan xoli bo'lishiga harakat qilish zarurdir. Bas, shunday namozxonlar holiga voyki, ular namozlarini "unutib" qo'yadilar, riyokorlik qiladilar va ro'zg'or buyumlarini (kishilardan) man etadilar. KAVSAR SURASI Kavsar - Muhammad (a. s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a. s.)ga O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh taolo Muhammad (a. s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum ekanliklari eslatiladi. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik. Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan. Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi. Bas, Rabbingiz uchun namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling! Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir. Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh taolo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a. s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya berdi. KOFIRUN SURASI Kofirun - kofirlar demakdir Surada Payg'ambar (a. s.)ning Makkada yashagan davrlari, islomiy da'vatlarining dastlabki yillarida mushriklar Islom diniga kirishdan qochib, turli hiylalar ishlatishga o'tdilar. Shulardan biri Payg'ambar (a. s.) bilan kelishib olish. Ya'ni, ular islom dini ta'limotiga binoan Allohga ibodat qilishga bir shart bilan rozi bo'lmoqchi bo'ldilar. U ham bo'lsa, bir yil Muhammad (a. s.) ularning butlariga sig'inar emishlar, so'ngra bir yil ular Muhammad (a. s.)ning rabbiga sig'inar emishlar. Bu tutruqsiz taklifni qabul qilmasliklarini ta'kidlab, Alloh taolo O'z payg'ambariga amri ilohiy bilan buyurib, ularga bu kabi shirk aralashgan ibodatdan ko'ra hozircha har ikki taraf o'z dinida qolib, o'z dinida bo'lishining afzalligi aytilgan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir. NASR SURASI Nasr - yordam. Surada islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling