Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet177/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Asrga qasamki,

Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, asr namozi, har yuz yillik muddat, Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. Vallohu a'lam.

  1. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!


  1. Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va birbirlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar).

HUMAZA SURASI
Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!


  1. Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan


  1. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir.


  1. Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!


  1. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!

6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki,

  1. (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur.


  1. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.


  1. (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.

FIL SURASI
Fil - ma'lum hayvon.
Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi?


  1. (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?!


  1. Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi.


  1. (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi.


  1. (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.

Izoh: Fil voqeasining qisqacha bayoni shunday iboratki, milodiy 570 yili Yaman hokimi Abraha o'zi kofirmushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.
QURAYSH SURASI
Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat qilishga buyuradi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Quraysh (aholisi)ga qulay qilib qo'ygani uchun,


  1. ya'ni ularga qishda (Yamanga) va yozda (Shomga) safar qilishni qulay qilib qo'ygani uchun


  1. mana shu Uy(Ka'ba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!


  1. Zero, (U) ularni ochlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi.

Izoh: Surada Yamanga qishda, Shomga yozda safar qilish haqida aytildi. Makka ahli yozning issiq kunlari Yaman diyorlari o'ta qizib ketishini bilib, bu faslda salqinroq Shom diyoriga tijorat safarini uyushtirar, qishda kunlar biroz soviganda esa Yaman diyoriga safar qilar edilar.
MO'UN SURASI
Mo'un - ro'zg'or buyumlari va anjomlari.
Surada imonsiz bandalarning razil sifatlaridan ba'zilari sanab o'tiladi. Jumladan, oxirat jazosini inkor etish, yetim holidan xabar olmaslik, namozni unutish, riyokorlik qilish va ro'zg'or buyumlarini qizg'anish kabi nuqsonlar ibrat uchun bayon etiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling