Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet173/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Go'zal narsadan murod islom dini yoki jannat yoxud imon kalimasi.

  1. bas, unga oson (yo'l)ni muyassar qilurmiz.


  1. Ammo, kimki baxillik qilsa va (o'zini) behojat (boy) sanasa,


  1. hamda go'zal (narsa)ni yolg’onga chiqarsa,


  1. bas, unga og’ir (yo'l)ni "muyassar" qilurmiz.


  1. (U) halok bo'lgan vaqtida boyligi unga foyda bermas.


  1. Albatta, hidoyat (To'g’ri yo'lga yo'llash) faqat Bizning zimmamizdadir.


  1. Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg’iz Biznikidir.


  1. Sizlarni lovullab yonuvchi do'zax haqida ogohlantirdim.


  1. Unda faqat baxtsiz (odam) toblanur.


  1. Qaysiki, (dinni) inkor etib, (itoatdan) bosh tortgan bo'lsa.


  1. Taqvoli kishi esa undan (do'zaxdan) uzoqlashtirilur.


  1. Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo'lida) sarf qilur.


  1. Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir.


  1. U faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur).


  1. (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.

ZUHO SURASI
Zuho - choshgoh vaqti.

  1. Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga


  1. va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki,


  1. (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir!


  1. Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.


  1. Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz.


  1. (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!

Izoh: Boshpana bergani Payg’ambar (a. s.) yetim qolganlarida bobolari Abdulmuttalib, so'ngra amakilari Abu Tolib uni o'z qaramog’lariga olganlariga ishoratdir.

  1. Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?!


  1. Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!


  1. Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!


  1. Soil (gado)ni esa (malol olib) jerkimang!


  1. Parvardigoringizning (Sizga ato etgan barcha) ne'mati haqida esa (odamlarga) so'zlang!

SHARH SURASI


Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?!


  1. Sizdan yukingizni olib qo'ydik,


  1. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir bo'lgan ba'zi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

  1. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik.


  1. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.


  1. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing


  1. va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling!

TIN SURASI
Tin - anjir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling