Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet172/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu xitob Alloh taolo tomonidan jon egasiga vafoti oldidan yoki jannatga kirishi arafasida yoki qiyomatda qabridan turishida aytiladi (Madorik tafsiri).
BALAD SURASI
Balad - shahar, bu yerda Makka shahri muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) mana shu shahar bilan qasamyod eturman,


  1. holbuki, Siz shu shaharda mavjuddirsiz


  1. hamda ota va bolalarga (ya'ni, Odam va zurriyotlariga) qasamyod eturmanki,


  1. haqiqatan, insonni mashaqqatga yaratdik.


  1. Unga hech kimning kuchi yetmaydi, deb o'ylaydimi?!


  1. U (maqtanib): "Juda ko'p mol-dunyoni (sarflab) yo'q qildim", - der.


  1. Uni hech kim ko'rmagan, deb o'ylaydimi?!


  1. Axir, Biz unga ikki ko'z,


  1. til va ikki lab (ato) qilmadikmi?!


  1. Yana uni ikki balandlikka (yo'lga) yo'llab qo'ydik-ku!

Izoh: Ikki balandlikdan murod ikki yo'l. Ya'ni, hidoyat va zalolat yo'llari.

  1. Bas, u (biror yaxshi) dovonni oshib o'tmadi.


  1. (Ey, Muhammad,) dovon (oshish) nima ekanini Siz qayerdan ham bilar edingiz?!


  1. (U) bo'yinni (qulni) ozod qilish,


  1. yoki ocharchilik kunida (muhtojga) taom berishdir.


  1. Xoh (u) qarindosh yetim bo'lsin,


  1. xoh tuproqli (xor) miskin.


  1. So'ngra u (mazkur inson) imon keltirgan va bir-birlarini sabr qilishga tavsiya etgan, bir-birlarini (bandalarga) marhamatli bo'lishga undagan zotlardan bo'ldi.


  1. Ana o'sha (fazilatlarga ega bo'lgan zotlar) o'ng tomon egalaridir.


  1. Oyatlarimizga kofir bo'lgan kimsalar esa, chap tomon egalaridir.


  1. Ularni qamrab oluvchi olov (do'zax) muqarrardir.

SHAMS SURASI


Shams - quyosh.

  1. Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga,


  1. u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga,


  1. u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga,


  1. u (quyosh)ni o'ragan tunga,


  1. osmonga va uni bino qilgan,


  1. Yerga va uni yoyib qo'ygan,


  1. jonga va uni tiklagan,


  1. unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki,


  1. haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur


  1. va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!


  1. Samud (qabilasi) haddan oshgani sababli (o'z payg’ambarlarini) yolg’onchiga chiqardilar.


  1. Qaysiki, ularning eng badbaxti (tuyani so'yish uchun) qo'zg’alganida,


  1. Allohning payg’ambari (Solih) ularga: "Allohning tuyasi(ni so'yish)dan va uni sug’orish(ga to'siq bo'lish)dan saqlaninglar!" - dedi.


  1. Bas, ular (payg’ambarni) yolg’onchi qilishib, u (tuya)ni so'yib yubordilar. Bas, Parvardigorlari ularning gunohlari sababli ustilariga qirg’in yuborib, uni (barchalariga) barobar qildi.


  1. (Zotan, Alloh o'z ishining) oqibatidan qo'rqmas.

LAYL SURASI
Layl - kecha, tun.

  1. Qasamyod etaman o'rab kelayotgan kechaga,


  1. yorishib kelayotgan kunduzga,


  1. erkak va ayolni yaratgan zotgaki,


  1. albatta, sizlarning sa'y - harakatlaringiz turlichadir!


  1. Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Allohdan) qo'rqsa,


  1. hamda go'zal (narsa)ni tasdiq etsa,


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling