Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet168/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy!


  1. Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan,


  1. ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir.


  1. Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi


  1. Ulug’ kun (Qiyomat)da -


  1. odamlar (butun) olamlar Parvardigori huzurida tik turadigan (hisob-kitob beradigan) kun-da?!


  1. Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur.


  1. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz?


  1. (U) bitilgan kitobdir.

Izoh: Sijjiyn - fosiq va fojir kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yetti qavat yer ostida saqlanadi.

  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir.


  1. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar.


  1. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der.


  1. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir.


  1. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar.


  1. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar.


  1. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur.


  1. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir.


  1. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?!


  1. (U) bitilgan kitobdirki,


  1. unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar.

Izoh: Illiyyun esa, yaxshi, solih kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yettinchi osmonda saqlanadi.

  1. Albatta, yaxshilar (mo'minlar jannat) ne'matlari ichradirlar.


  1. Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar.


  1. Ularning yuzlarida ne'matlarning tarovatini tanirsiz (ko'rursiz).


  1. Ularga (jannatda) muhrlangan maydan ichirilurki,


  1. u (may)ning muhri mushkdir. Bas, musobaqachilar mana shu (ne'mat) yo'lida musobaqa qilsinlar!


  1. U (may)ning mijozi tasnimdandir.


  1. (Tasnim Allohga) yaqin (banda)lar ichadigan bir chashmadir.


  1. Darvoqe, jinoyatkor (kofir)lar imon keltirgan zotlardan (masxara) qilib kular edilar.


  1. Qachonki, ularning oldidan o'tsalar, birbirlariga ko'z qisishib, imo-ishora qilardilar.


  1. Qachonki, uylariga qaytsalar, (qilmishlaridan) zavqlanib qaytardilar.


  1. Qachonki, ularni (mo'minlarni) ko'rsalar, "Ana ular, shubhasiz, yo'ldan ozgan kimsalardir", derdilar.


  1. Holbuki, ular (mo'minlarning) ustiga qo'riqchi qilib yuborilgan emasdilar.


  1. Endi bugun imon keltirganlar kofirlardan kulurlar.


  1. Ular (jannatdagi) so'rilarda (kofirlar holiga) boqib (o'tirurlar).


  1. Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!

INSHIQOQ SURASI
Suraning nomi o'zidan olingan bo'lib, yorilish degan ma'noni bildiradi. Zero, surada qiyomatda osmon yorilib, ko'p alomatlar ro'y berishi bayon etilgan. Bu sura inson doimiy ravishda harakatda bo'lib, yo ezgu yoki yovuz ishlar bilan band bo'lishi, oxiratda shu ishlari bo'yicha savol-javob bo'lishi va azob-uqubatlar bilan bir qatorda solih bandlar uchun ulug’ mukofotlar tayyorlab qo'yilgani haqidadir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling