Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Quyosh o'rab qo'yilganida, yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida, tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida, (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida, vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida, dengizlar kuydirilganida, ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida, tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida, ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb. Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida, osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida, do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida, jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida, (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur! Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga, (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga, Izoh: Besh sayyora yulduzlar - Mirrix, Zuhal, Atorud, Zuhra, Mushtariy. o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va (otayotgan) tongga qasamki, albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir. (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali, u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir. Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir. Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi. U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir. Izoh: Vahiyga baxil emasliklari kelgan har bir vahiyni, oyat va surani darhol musulmonlarga bekamu ko'st yetkazishlari, murakkab joylarini esa izohlab berishlaridir. U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir. Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?! U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir. Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta). Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar. INFITOR SURASI Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida ma'lumotlar mavjuddir. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Osmon yorilganida, yulduzlar (har tomonga) sochilganida. dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida, qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida), (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur! Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?! U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku! U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku! Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar. Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor. (Ular) yozuvchi ulug’ zotlardir. (Ular) sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar. Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar. Fojirlar esa do'zaxdadirlar. Ular unda Jazo kuni (Qiyomat)da toblanurlar. Undan (do'zaxdan) g’oyib bo'luvchi (qutiluvchi) emasdirlar. (Ey, Muhammad,) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! So'ngra (yana) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jon uchun biror narsa qilishga ega bo'lmas! U Kuni barcha ish Allohnikidir. MUTAFFIFUN SURASI Suraning nomi "urib qoluvchilar" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, tarozi va o'lchovdan urib qolib, xaridor haqqiga xiyonat qilishning og’ir gunoh ekani bu surada eng diqqatga sazovor va ajib uslubda bayon qilingan. Surada yaxshilar va yomonlarning qilgan amallari yozilgan bitiklarning qayerda saqlanishi, qiyomat voqealari va qator ilohiy o'gitlarni o'qiysiz. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling