Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Kofirlarning jonlarini badanlari) qa'ridan sug’urib oladigan (farishta)larga qasam, (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)larga qasam, (osmondan) suzib tushuvchi, (o'z vazifalarini ado etishda) o'zib yuruvchi (Alloh buyurgan barcha) ish tadbirini tuzib turuvchi (farishta)larga qasamki, (albatta, qayta tirilib, hisobot berursizlar)! U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi. Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur. U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir. Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir. Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi? Chirik suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?" Ular (istehzo bilan): "Unday bo'lsa, bu (bizlar uchun) rosa ziyon qiluvchi qaytish-ku!" - deydilar. Bas, (u qaytish) faqat birgina qichqiriqdir (surning ikkinchi marta chalinishidir). So'ngra ular birdan (tirilib) yer ustida bo'lib qolurlar. (Ey, Muhammad,) Sizga Musoning xabari keldimi? Qaysiki, Parvardigori unga muqaddas Tuvo vodiysida (shunday) nido qilgan ediki: 17.- (Ey, Muso,) Fir'avnning oldiga borgin, zero, u haddidan oshdi. Bas, (unga) ayt: "Sening (kufrdan) poklanishga xohishing bormi? Men seni Parvardigoring (yo'liga) hidoyat qilsam, bas, sen (U zotdan) qo'rqsang" . (So'ng Muso) unga bir ulkan mo''jiza ko'rsatdi. (Fir'avn) uni yolg’onga chiqardi va (Allohga) itoatsizlik qildi. So'ngra shoshganicha (Musodan) yuz o'girib ketdi. So'ngra (o'z odamlarini) to'pladi va jar soldi: "Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman", - dedi. Bas, Alloh uni oxir at va dunyo azobi bilan ushladi. Izoh: Dunyodagi azobi uning dengizga g’arq qilinishi, oxiratdagisi esa do'zax azobidan iboratdir. Albatta, bu (qissa)da (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun ibrat bordir. (Ey, mushriklar,) sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Bilasizki,) Alloh uni bino qildi, shiftini baland qilib, tikladi. Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi. Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib - tekis qildi. Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi. Tog’larni esa o'rnashtirdi. (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir). Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida – inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda, ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida, bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa, u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur! Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo'lsa, bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar. Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?! Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar). 45.Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz. 46. Ular u (Qiyomat)ni ko'rgan Kunda (bu dunyoda) go'yo bir oqshom yoki choshgoh payticha turgandek bo'lurlar. ABASA SURASI Abasa-yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib, iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling