Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet166/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Muhammad) yuzini burishtirdi va yuz o'girdi.


  1. Zero, uning huzuriga ko'zi ojiz odam kelgan edi.

Izoh: Bu kelgan odam Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ko'zi ojiz kishi edi. U Rasulullohning band ekanliklarini sezmay o'zining savollariga javob olishga harakat qiladi. Undan malollangan Payg’ambarimiz (a. s.)ning yuzlari burishdi va savollariga javob ham bermadilar. Bu muomala Haq taologa xush kelmadi va mazkur oyatlar bilan tanbeh berdi. Tanbehni ham: "Yuzingni burishtirding" demasdan, "Yuzini burishtirdi", deb uchinchi shaxs siyg’asida aytdi. Bu esa uncha qattiq botmaydi. Rasulullohning o'zlari oliy xulq egasi bo'laturib, bir ko'zi ojiz odamga shunday xunuk muomala qildilarmi, degan savol tuqilishi mumkin. Yo'q, aslo! Birinchidan, o'zlari Makka zodagonlarini hidoyat sari yo'naltiraolamanmikan, deb umid bilan harakat qilib turganlarida birov kelib ishidan chalg’itgan holatni tasavvur qilib ko'ring. Boshqa har qanday odam ul zotning o'rnida bo'lganida ham uni jerkib tashlagan bo'lur edi. Lekin Rasul (a. s.) yuzlarini burishtirish bilan kifoyalandilar. Buni u a'mo kishi payqagani ham yo'q. Lekin ulug’larning ozgina sahvu xatosi ham boshqalarga nisbatan katta hisoblanadi. Binobarin, Haq Taolo O'z habibini ogohlantirib qo'ydi. Chunonchi, tasavvufda bir ibora bor: "Oddiy yaxshi odamlarning savobli ishlari Allohga yaqin zotlarning gunohlari bilan barobardir".

  1. (Ey, Muhammad,) Siz qayerdan ham bilursiz, ehtimol, u (Sizdan foydalanib, o'z gunohlaridan) poklanar


  1. yoki eslatma olar-da, so'ng bu eslatma unga foyda berar?!


  1. Ammo, boy kimsaga esa,


  1. bas, Siz (e'tibor berib) mutasaddilik qilmoqdasiz.


  1. Holbuki, uning (o'z kufridan) poklanmasligi Sizga zararli emas edi.


  1. Endi, oldingizga yugurib


  1. (Allohdan) qo'rqqan holida kelgan kishi esa,


  1. bas, Siz undan chalg’imoqdasiz.


  1. Yo'q, (bunday qilmang)! Albatta, ular (Qur'on oyatlari) ayni eslatmadir.


  1. Bas, kim xohlasa, (uni) yod etar.


  1. (U oyatlar Alloh nazdida) mukarram sahifalarda


  1. (ya'ni,) qadri baland, pokiza (sahifalarda)


  1. kotib (farishta)lar qo'llaridadir.


  1. (Ular) karamli va itoatlidirlar.


  1. Halok bo'lgur inson bunchalar kofir bo'lmasa!


  1. (Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o'zi?!


  1. (Bir haqir) nutfadan yaratib, so'ng uni (tuqilish vaqtini) belgilab qo'ydi.


  1. So'ngra unga (tuqilishda) yo'lni oson qildi.


  1. So'ngra unga o'lim berib, qabrga kiritdi.


  1. So'ngra O'zi xohlaganda, uni yana qayta tiriltirur.


  1. Yo'q! U buyurgan narsani sira ado etmadi.


  1. Endi inson o'zining taomiga (ibrat ko'zi bilan) boqsin!


  1. Biz (osmondan) suvni mo'l yog’dirdik.


  1. So'ngra yerni (giyohlar undirib) yordik.


  1. So'ngra Biz unda donlarni undirdik,


  1. uzum va ko'katlarni,


  1. zaytun va xurmolarni,


  1. qalin daraxtzor bog’larni,


  1. mevayu giyohlarni ham.


  1. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir.


  1. Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda),


  1. o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur.


  1. Yana onasi va otasidan ham,


  1. xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur).


  1. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur.


  1. U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’,


  1. kuluvchi va xurram (bo'lur).


  1. u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur.


  1. U (yuz)larni qarolik qoplar.


  1. Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.

TAKVIR SURASI
Takvir - o'rab qo'yish. Bu yerda quyoshni o'rab qo'yilishi muroddir. Surada Qiyomat qoyim bo'lganda, quyosh o'rab yig’ishtirib qo'yilishi, yulduzlar, tog’lar, dengizlar va boshqa katta-kichik mavjudotlarda ro'y beradigan o'zgarishlar tasvirlanadi. Shuningdek, hisob-kitob jarayoni va boshqa ajib hodisalar surada o'z bayonini topadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling