Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet174/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,


  1. Turi Sinin (tog’i)ga,


  1. mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,


  1. haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.


  1. So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.

Izoh: Asfalasofilin - pastlarning pasti. Bu so'zdan ikki xil mazmun olish mumkin. Birinchisi, tarjimadagi qarilik bo'lsa, ikkinchisi keyingi imonli solih bandalarga beriladigan ne'matlar zikri dalolatiga binoan imon keltirmagan munofiqlar do'zaxning past joyiga yuborilishiga ishorat bo'lishi mumkin.

  1. illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.


  1. Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!


  1. Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!

ALAQ SURASI
Alaq - Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, ya'ni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing!


  1. U insonni laxta qondan yaratdi.


  1. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir.


  1. U insonga qalam bilan (yozishni) o'rgatgan zotdir.


  1. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi.


  1. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.


  1. (Bunga) sabab o'zini boy - behojat sanashidir.


  1. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.


  1. (Ey, inson,) ko'rdingmi, to'sayotgan kimsani


  1. bandani namoz o'qiganda?!


  1. Ko'rdingmi - agar u (namoz o'quvchi) o'zi To'g’ri yo'lda bo'lsa,


  1. yoki (o'zgalarni) taqvoga (Allohdan qo'rqishga) buyursa?!


  1. Ko'rdingmi, agar u (namozdan) to'suvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz o'girsa,


  1. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) ko'rib turishini bilmasmi?!

Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Payg’ambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan bo'lib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.

  1. Yo'q! Qasamki, agar u (bu yo'lidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz


  1. o'sha yolg’onchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!


  1. Bas, u o'zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!


  1. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!


  1. Yo'q! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolg’iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin bo'ling!

(Sajda oyati.)
QADR SURASI
Qadr so'zining turlicha ma'nolari bor. Jumladan qadr-qimmat, o'lchov, miqdor. Bu yerda bularning har biri to'g’ri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulug’ligi va bu kechada bir yillik ishlar o'lchanib, rejalashtirilishi bunga dalil bo'la oladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling