Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet171/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) Sizga qamrab oluvchi (Qiyomat) qissasi (yetib) keldimi?


  1. U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in,


  1. mehnat-mashaqqat chekuvchidir.


  1. (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar,


  1. qaynoq buloqdan sug’orilurlar.


  1. Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib,


  1. (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi


  1. (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun,


  1. (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir.


  1. (Ular) oliy jannatdadirlar.


  1. U joyda behuda so'z eshitmaslar.


  1. U joyda oqar buloq bordir.


  1. U joyda baland so'rilar,


  1. qo'yilgan qadahlar,


  1. tizib qo'yilgan yostiqlar


  1. va to'shalgan gilamlar bordir.


  1. Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga,


  1. osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga,


  1. tog’larning qanday tiklanganiga


  1. va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?!


  1. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz.


  1. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.


  1. Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa,


  1. u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.


  1. Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!


  1. So'ngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.

FAJR SURASI
Fajr - tong, bomdod vaqti.
Surada Fir'avn, Od qavmi kabi buzg’unchi kofirlarning qilmishlari, boylikka berilmaslik, qiyomat hodisalari, insonning noshukurligi, jannat ahlidan bo'lish uchun nima ishlar qilish lozimligi ilohiy ta'limot asosida talqin etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,


  1. "O'n kecha"ga,

Izoh: Bu oyatdagi "O'n kecha" dan murod Zil-hijja oyining yoki Muharram oyining birinchi o'n kunlari yoxud Ramazon oyining uchinchi o'n kunligi degan uch xil tafsir mavjud.

  1. juft va toq (narsalar)ga


  1. va o'tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)!


  1. Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?!


  1. Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qildi, ko'rmadingizmi?!


  1. (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bo'lib,


  1. (boshqa) yurtlarda uning o'xshashi yaratilmagan.

Izoh: Iram yoki Eram - Nuh sulolasidan bo'lgan shoh ismi. Uning ismi bilan shahar, bog' va qabila nomlangan (Od qabilasi). Rivoyat qilinishicha, Odning ikki o'g’lidan biri Shaddod u dunyoda Alloh mislsiz boq-jannat bino qilgan deb eshitgach, U bilan tenglashish niyatida Adn (Yaman) sahrosida bir g’aroyib bog’ barpo ettirgan. Bog’ 300 yilda bitgan. Odning o'zi 9000 yil umr ko'rgan. Lekin takabburlik bilan qurgan bog’ini ko'rish o'ziga nasib etmagan. Ko'rish uchun lashkar tortib ketayotganda, yarim yo'lda Alloh tomonidan yuborilgan qattiq bo'ron-shamol urib halok bo'lgan. "Boqi Eram" qissasi shundan iboratdir.

  1. Vodiyda xarsang toshlarni (uy solish uchun) kesgan Samud (qabilasi)ni,


  1. qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lmish Fir'avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?


  1. Ular yurtlarida hadlaridan oshib,


  1. u joylarda buzg’unchilikni ko'paytirib yuborgan edilar.


  1. Bas, Rabbingiz ularning ustiga turli azob yog’dirdi.


  1. Albatta, Rabbingiz (barcha narsani) kuzatib turuvchidir.


  1. Bas, endi insonni qachonki, Parvardigori imtihon uchun ikrom etib, unga ne'mat ato etsa, darhol:

"Parvadigorim (loyiq bo'lganim uchun) meni ikrom etdi", - der.

  1. Ammo, qachonki, (Parvardigori) uni imtihon uchun, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol: "Parvardigorim meni xor qildi", - der.


  1. Yo'q! Aksincha, sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar.


  1. Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ’ib qilmaysizlar.


  1. Merosni esa (o'z ulushingizga o'zgalarnikini) qo'shib yeyaverasizlar.


  1. Yana mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan sevasizlar.


  1. Yo'q! Qachonki, Yer qattiq silkinganda


  1. va Rabbingiz (hukmi) va farishtalar saf-saf bo'lib kelganda


  1. hamda o'sha Kuni jahannam ham (yaqin) keltirib qo'yilganda - ana o'sha Kunda inson (bu ko'rganlaridan) eslatma olur. (Ammo) unga eslatma qayoqda ekan?!


  1. U: "Eh, koshki edi men hayot vaqtimda (yaxshi amallarni) taqdim etgan bo'lsam", - der.


  1. U Kundagi (Allohning) azobidek hech kim azoblamas.


  1. Uning (kishan va zanjirlarni) bog’lashidek ham hech kim boqlamas.


  1. "Ey, xotirjam (sokin) jon!


  1. (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin!


  1. Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin


  1. va jannatimga kirgin!


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling