Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet170/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.


  1. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?!


  1. (U nuri) o'tkir yulduzdir.


  1. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.


  1. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin!


  1. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.


  1. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.


  1. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.


  1. Sirlar fosh qilinadigan kuni


  1. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.


  1. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga


  1. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki,


  1. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.


  1. U hazil (behuda so'z) emasdir.


  1. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.


  1. Men ham "makr" qilurman.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!

A'LO SURASI
A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati.
Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi
Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar, Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!


  1. Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan,


  1. barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan,


  1. o'tloqni undirib chiqarib,


  1. so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir.

Izoh: Ba'zi olimlar bu oyatdagi "g'uso'" so'zini neft deb ta'vil qiladilar va u sel ko'piklariga qorishgan chirik yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.

  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan chiqarmassiz.


  1. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilur.


  1. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.


  1. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating!


  1. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.


  1. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar,


  1. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.


  1. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur!


  1. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur


  1. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.


  1. Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.


  1. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.


  1. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda -


  1. Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir.

G'OSHIYA SURASI
G’oshiya - o'rab oluvchi, ya'ni, qiyomatning ismga aylangan sifatlaridan biri. Darhaqiqat, u hamma mavjudotni o'z ta'siri doirasiga oluvchi bo'lgani uchun uning ko'psonli nomlaridan biriga aylangan.
Surada tuya, osmon, tog’ va yerlarning ilohiy hikmat asosida ajoyib va g’aroyib shaklda yaratilgani, ularga ibrat va ma'rifat nazari bilan boqish zarurligi, shuningdek, Payg’ambar (a. s.)ning vazifasi ilohiy xabarlarni o'z ummatiga majburan emas, balki nasihat va eslatma uslubida bayon qilishdan iborat ekani ham zikr etiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling