Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Osmon yorilganda, (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda, (shuningdek) Yer yoyilganda, o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga hisobot berur). Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga) boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan. Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa, bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak, va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa, bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak va do'zaxda toblanajak. Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi, o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi. Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi. Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa, tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga hamda to'lin oygaki, albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar! Bas, nega ular imon keltirmaydilar?! Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?! (Sajda oyati) Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar. Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir. Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering! Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir. BURUJ SURASI Buruj - burjlar, ya'ni, osmon burjlari. Surada Alloh taoloning zotu sifatlari naqadar buyuk ekanligi ta'rif etilishi bilan birga mo'minlarga aziyat yetkazgan va ular o'rtasida fitnafasod, buzg’unchilik ishlarini joriy qilgan kimsalarga qattiq jazolar muqarrar ekanligi va Qur'oni karimning Lavhul-mahfuzdan ko'chirilgan ilohiy muqaddas kalom ekanligi kabi ma'lumotlar bor. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga, va'da qilinmish (Qiyomat)ga, (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga Choh egalariga la'nat! Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi. O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar. Izoh: Payg’ambarimizdan oldin o'tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug’i bilan imonli kishilarga qattiq azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o'zlari qulagani, choh ichidagi olov mo'minlarni emas, balki ularning o'zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda. Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch oldilar. Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir. Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar bordir. Bu esa katta yutuqdir. (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir. Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur). U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st, Arsh sohibi, Ulug' va istagan narsasini amalga oshiruvchidir. (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi? Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning. Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar. Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir. Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki, (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir. TORIQ SURASI Toriq - Zuhal yulduzi. U bilan qasamyod etib, Alloh taolo har bir insonni turli balo-qazolardan qo'riqlovchi maloikalar borligi, ular uning qilmishlarini ham yozib borishlari, Qur'on vasfi, oxirat hodisalari va boshqa ma'lumotlardan ogoh qiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling