Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet98/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Bog'liq
Документ

O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************



  1. Muloqotimizni umid qilmaydiganlar: "Bizlarga (payg'ambarlik uchun) farishtalar tushirilsa edi yoki bizlar Rabbimizni (ko'zlarimiz bilan) ko'rsak edi", - dedilar. Darhaqiqat, ular o'zlariga bino qo'ydilar va haddan juda oshib ketdilar.


  1. Ular farishtalarni ko'radigan kunni (qiyomat kunini eslang). O'sha kunda jinoyatchilar uchun (hech qanday) xushxabar bo'lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: "(Sizlar uchun xushxabar) butunlay haromdir!"


  1. (Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz.


  1. Jannat ahli esa u kunda eng yaxshi qarorgoh va eng go'zal oromgohlarda bo'lurlar.


  1. Bulutli osmon yorilib, farishtalar (yer yuziga) tushiriladigan kun (qiyomat)ni eslang!


  1. O'sha kunda haqqoniy podshohlik (yolg'iz) Rahmon uchundir. U (kun) kofirlarga ko'p qiyin kun bo'lur.


  1. U kunda zolim qo'llarini (barmoqlarini) tishlab (nadomat qilib), der: "Eh, qani edi, men ham payg'ambar bilan bir yo'lni tutganimda!


  1. O'lim bo'lsin menga! Qaniydi falonchini do'st tutmaganimda!


  1. Aniqki, menga eslatma (Qur'on) kelganidan so'ng, o'sha (falonchi) meni yo'ldan ozdirdi". (U kunda) shayton (o'ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo'yuvchidir.

Izoh: Qiyomat kuni barmoqlarni tishlab pushaymon qiluvchi zolimdan murod mazkur oyatlarda Aqaba ibn Abi Muayt bo'lib, uni Islomdan qaytargan shaxs Ubay ibn Xalafdir.

  1. Payg'ambar aytdi: "Ey, Rabbim! Darhaqiqat, mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qur'onni tark etdilar".


  1. Biz (Sizdan oldingi) har bir payg'ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushman(lar) ilganmiz. Rabbingizning O'zi yetarli rahnamo va yordamchidir!


  1. Kufrda bo'lgan kimsalar: "(Nega bu Qur'on unga payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil qilinmadi?" - dedilar. (Ey, Muhammad,) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan o'qib berdik.


  1. Ular Sizga (Qur'onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) masal (savol) keltirsalar, albatta, Biz Sizga haq (javob)ni va go'zal tafsirni keltirib qo'ydik.


  1. Ular yuztuban hollarida jahannam tomonga sudralurlar. Ana o'shalar eng maqomi yomon va yo'ldan ozgan kimsalardir.


  1. Qasamki, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik va birodari Horunni u bilan birga vazir etdik.


  1. So'ngra dedik: "Bizning oyatlarimizni yolg'onga yo'ygan qavm (Fir'avn va uning qavmi) oldiga boringiz!" Bas, (o'z kufrlaridan qaytishmagach,) Biz ularni (dengizga g'arq qilish bilan) qirib tashladik.


  1. Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular payg'ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g'arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qo'ydik. Yana Biz (bu kabi) zolimlar uchun (oxiratda ham) alamli azob tayyorlab qo'ygandirmiz.


  1. Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'p avlodlarni (eslang)!

Izoh: Quduq egalari - Shuayb payg'ambarning halokatga uchragan qavmi.

  1. Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo'q qilib yubordik.


  1. Aniqki, ular (safar kezlarida) shumli yomg'ir (ya'ni, tosh) yog’dirilgan shahardan o'tgandirlar. Axir, ular uni ko'rmasmidilar (ibrat olmasmidilar)?! Yo'q, ular qayta tirilishga umid qilmagan kimsalardir!


  1. (Ey, Muhammad,) qachonki, ular Sizni ko'rsalar: "Alloh mana shuni payg'ambar qilib yubordimi?!


  1. Agar sabr qilib (mahkam turmaganimizda), haqiqatan, u bizlarni ilohlarimizdan ozdirayozdi-ya", - deb Sizni masxara qilurlar. Yaqinda - azobni ko'rgan vaqtlarida, kim yo'ldan ko'proq ozgan ekanini bilib olurlar.


  1. Ko'rdingizmi, kim havo(yi nafs)larini iloh qilib olgan bo'lsa, Siz uning ustida muakkal (mas'ul) bo'larmidingiz?!


  1. Yoki Siz ularning ko'plarini (haq so'zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar deb o'ylaysizmi?! (Yo'q, aslo!) Ular hayvonlarga o'xshaydilar, xolos. Balki, ular yanada yo'ldan ozganroqdirlar.


  1. Parvardigoringizning soyani qanday yoyib qo'yganini ko'rmadingizmi?! Agar xohlasa, uni sokin qilib qo'ygan bo'lur edi. So'ngra quyoshni unga (soyaning borligiga) dalil qildik.


  1. So'ngra uni astagina O'zimizga tortib olurmiz.


  1. (Alloh) sizlar uchun tunni libos (parda), uyquni orom qilib qo'ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) jonlanish qilgan zotdir.


  1. U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv (yomg'ir) yog’dirdik.


  1. Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug'orish uchundir.


  1. U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning ko'plari faqat noshukrlikni istadilar.


  1. Agar Biz xohlasak, har qishloq (va shahar)ga bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) yuborgan bo'lur edik.


  1. Bas, Siz kofirlarga itoat etmang va u (Qur'on)ning yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!

Izoh: Makka mushriklari Hazrati Rosul (a. s.)dan ota-bobolari sig'ingan sohta ma'budlarga siginish va yangi tavhid dinini tark etishni taklif qilganlarida, Alloh taolo ularning bu taklifini rad etishga va ular bilan ilohiy oyatlar asosida bahs yuritishga buyuradi.

  1. (Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho'r qilib oqizib qo'ygan va ularning o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir.


  1. U (haqir) suvdan (maniydan) insonni yaratib, so'ng uni (nasl) - nasabli va quda-anda qilib qo'ygan zotdir. Darhaqiqat, Rabbingiz (har ishga) qodirdir.


  1. (Kofirlar) Allohni qo'yib, o'zlariga foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir o'z Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchidir.


  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni faqat (mo'minlarga jannatdan) xush xabar beruvchi, (kofirlarni esa oxirat azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik.


  1. Ayting: "Men sizlardan uning ustidan (hech qanday) haq so'ramayman, faqat Parvardigori sari yo'l tutishni xohlaydigan kishilar bo'lsa bas".


  1. O'lmaydigan Tirik zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdi bilan tasbeh ayting! U O'z bandalarining gunohlaridan yetarli ogohdir.


  1. U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi (barcha) narsalarni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida xabardor (bilimdon kishilar)dan so'rang!


  1. Qachonki (mushriklarga): "Rahmonga sajda qilinglar!" - deyilsa, ular: "Nima u Rahmon? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?" - deyishadi va (bu so'z) ularni yanada (imondan) yiroqlashtiradi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling