Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet99/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
Bog'liq
Документ

(Sajda oyati)

  1. Osmonda burjlarni barpo qilgan va unda chiroq (quyosh) va nurafshon oyni paydo qilgan zot barakotli (buyuk)dir.


  1. U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi bo'lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (o'zaro) o'rinbosar qilib qo'ygan zotdir.


  1. Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z qotganda "Salomatlik bo'lsin", deb javob qiladigan kishilardir.


  1. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir.


  1. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi halokatlidir.


  1. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir",- deydigan kishilardir.


  1. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - mo''tadildir.


  1. Ular Alloh bilan birga boshqa "iloh"ga iltijo qilmaslar va Alloh o'ldirishni man etgan jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar.


  1. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur.


  1. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.


  1. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur.


  1. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar.


  1. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar).


  1. Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir.


  1. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar.


  1. Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar duolaringiz bo'lmaganida, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas edi. Bas, sizlar (U yuborgan payg'ambarni) inkor etdingiz. Endi, albatta, sizlarga (azobuqubat) lozim bo'lur".

SHUARO SURASI
Shuaro - shoirlar.
Surada tavhid, imon, Islom, insoniy fazilatlarga da'vat, koinot sirlari, payg'ambarlar, oxiratga taalluqli ma'lumotlar yoritiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. To, Sin, Mim.


  1. Ushbular aniq Kitob oyatlaridir.


  1. (Ey, Muhammad,) ehtimol, Siz (Makka mushriklari) mo'min bo'lmaganlari uchun o'zingizni halok qilmoqchidirsiz.


  1. Agar Biz xohlasak, ularga osmondan mo''jiza nozil qilar edik-da, u sababli bo'yinlari egilib qolardi.


  1. Ularga Rahmon (tomoni)dan yangi eslatma kelishi bilan, albatta, ular undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.


  1. Bas, ular (payg'ambarni) inkor etdilar. Ularga esa o'zlari masxara qilgan narsaning axboroti kelur.


  1. Axir, (ular) yerga boqib, unda barcha turdagi foydali navlardan qanchasini undirib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?!


  1. Albatta, bunda alomat bordir. (Lekin) ularning ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.


  1. Rabbingiz esa, U qudratli va rahmlidir.


  1. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz Musoga nido qilib: "Zolimlar qavmiga borgin -


  1. Fir'avn qavmiga. Ular (Mendan) qo'rqmaydilarmi?!" (degan edi).


  1. Muso aytdi: "Ey, Rabbim (borurman, lekin) ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqaman.


  1. Dilim tang bo'lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim) Horunga ham (payg'ambarlik) yuborgin!


  1. Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o'ldirib qo'yishlaridan qo'rqaman".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling