Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet97/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Olamlar (insonlar va jinlar)ga ogohlantiruvchi bo'lishi uchun O'z bandasi (Muhammad)ga Furqon (Qur'on)ni nozil etgan zot barakotli (buyuk)dir.


  1. U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo'lmagan va barcha narsani yaratib, (aniq) o'lchovi bilan o'lchab qo'ygan zotdir.


  1. (Mushriklar) esa Uni qo'yib, biror narsa yarata olmaydigan, (balki) o'zlari yaraluvchi bo'lgan, o'zlariga ham biror zarar yoki foyda berishga ega bo'lmaydigan va na o'lim berishga, na hayot berishga va na qayta tiriltirishga ega bo'lmaydigan "ilohlar"ni tutdilar (ularga sig'indilar).


  1. Kufrda bo'lganlar: "Bu (Qur'on) faqat (Muhammad) o'zi to'qib olgan bir yolg'ondir. Unga bu (ishda) boshqa qavmlar (ba'zi ahli kitoblar) yordam bergan", - deb nohaqlik va bo'hton qildilar.


  1. Yana ular: "(Bu) avvalgilarning afsonalaridir, (Muhammad) ularni ko'chirib olgan. Bas, (bu afsonalar) unga ertayu kech o'qib berilur", - dedilar.


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Uni osmonlar va Yerdagi (barcha) sirni biladigan zot nozil qilgandir. Albatta, U mag'firatli va rahmlidir".


  1. (Yana) dedilar: "Bu qanday payg'ambarki, (oddiy odamlardek) taom yesa va bozorlarda yursa?!

Unga (payg'ambarligini tasdiqlaydigan) biror farishta tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi bo'lsa edi?!

  1. Yoki unga (osmondan ehtiyoji uchun) xazina tashlansa edi yoxud uning uchun bir bog' bo'lib, u (boq)dan ovqatlansa edi". Zolimlar (mo'minlarga): "Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz",- dedilar.


  1. (Ey, Muhammad,) qarang, ular Sizga qanday masallarni to'qidilar-a?! Bas, ular (haq) yo'ldan ozdilar. Endi ular yo'l (topish)ga qodir bo'lmaydilar.


  1. Agar xohlasa, Siz uchun (shu dunyodayoq) o'shandan (ular aytgan bog' va xazinadan) yaxshiroq narsani - ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va Siz uchun qasrlarni qurib beradigan zot (Alloh) barakotli (buyuk)dir.


  1. Yo'q, ular qiyomatni inkor etdilar. Biz esa qiyomatni inkor etganlar uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz.


  1. (Do'zax) ularni uzoq joydan ko'rgandayoq uning g'alayoni va bo'kirigini eshiturlar.


  1. Qachonki, kishanlangan hollarida uning tor joyiga tashlanganlarida, o'sha joyda (o'zlariga) halokat tilab qolurlar.


  1. (Shunda ularga): "Sizlar bugun bir halokat emas, ko'p halokatlarni tilanglar" (deyilur).


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Shu (do'zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va'da qilingan mangulik jannatimi?!" Ular uchun (bu) mukofot va natijadir.


  1. Ular uchun o'sha joyda mangulik hollarida barcha xohlagan narsalari muhayyo bo'lur. Bu Rabbingiz zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir.


  1. (Alloh) ularni (mushriklarni) ham, Allohni qo'yib ibodat qilayotgan butlarini ham to'plab (ularga): "Mening anavi bandalarimni sizlar yo'ldan ozdirdingizlarmi yoki ularning o'zlari yo'ldan ozdilarmi?" - deydigan Kunda,


  1. ular derlar: "Ey, pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan o'zga do'stlar tutish mumkin bo'lmagan edi. Lekin, (Sen) ularni va ota-bobolarini (shunday) ta'minladingki, hatto ular (Seni) eslashni ham unutdilar va halokat qavmi bo'lib qoldilar".


  1. (Ey, mushriklar,) mana, ular (sizlar "Xudo"lar deb sig'ingan butlar) aytayotgan so'zlaringizda sizlarni yolg'onchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (o'zlaringga) yordam qilishga ham qodir emassizlar. Sizlardan kim zolim - mushrik bo'lsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz.


  1. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan barcha payg'ambarlar ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba'zilaringizni ba'zilaringiz uchun sinov qilib qo'ydik - (qani,) sabr qila olurmisizlar? Rabbingiz esa ko'rib turuvchi zotdir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling