Quydagilar: talaba bu fanni o’rganib bozorni boshqarish va tashkil etish asoslarini
Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar
Download 1.54 Mb.
|
Menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Maqsadlar shajarasi”
- “Samara
Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablarMaqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak. Maqsad real va bajarilishi mum-kin bo’lishi kerak. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor. Maqsad bo’limlar va mas’ullar bo’yicha detallash-tirilgan bo’lishi kerak. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak. Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat qolmaydi. Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamroh bo’la olmaydi. Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan bamisoli cho’qqidir. Buni zinhor unutmaslik darkor. Shu “jang”da g’olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo’lgan real maqsadni o’z oldimizga qo’yishimiz kerak. Undan ortiqcha ham, kam ham emas, vassalom. Miqdoran o’lchovga, meyorga ega bo’lmagan maq-sad - bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir. Maqsad, uni boshqarish tamoyillari, piro-vard natija barchasi tushunarli va yozma ravishda ularga sodda tilda etkazilishi kerak. Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin. Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, “Maqsadlar shajarasi” (derevo tseley)ni tuzishni talab qiladi Boshqarish maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarxda turkumlashni toqazo etadi. Shundagina yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat xodim o’z oldiga qo’yadigan maqsadlarning soni 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, u holda xodim kutgan natijasini ololmaydi, oqibatda korxonaning umumiy maqsadiga putur etkazadi. yakka maqsadning ham pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi. rejalashtiriladigan maqsad qiyinchilik bilan erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshirish mumkin bo’lgan darajada bo’lishi kerak. 2.Menejment samaradorligi.Dastlab “samara” va “samaradorlik” tushunchalari to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. £zbek tilining izohli lug‘atida bu iboralar quyidagicha talqin etilgan.“Samara-bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi”.“Samaradorlik-bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan.Samarali, sermahsul. Masalan, samarali mehnat” Iqtisodiyotda “samara”-bu yaratilgan: yalpi ichki mahsulot (YaIM) yalpi milliy daromad (YaMD) yalpi sof daromad (YaSM) Ñ ÑÄ= yalpi sof daromad (YaSD) kabilarda o‘z aksini topadi. Ammo birgina samaraning o‘zi kishi faoliyatini to‘liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu samaraga qanday xarajatlar evaziga erishilganini aniqlashdir. Zzero bir xil xarajat qilib turli samara olinishi mumkin bo‘lganidek, bir xil samaraga turli xil mehnat sarfi tufayli erishish ham mumkin.Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul mablag‘lari sarflab ko‘proq samaraga erishishdir. Bu degan so‘z erishilgan samarani (S) sarflangan xarajatga (X) bo‘lish kerak. Bunday taqqoslash samaradorlik (SD) nisbiy ko‘rsatkichini beradi. Kasrning maxraji-bu absolyut miqdorlar bo‘lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sarflangan: yalpi mehnat (YaM) yalpi xomashyo (YaX) yalpi fondlar (YaF) yalpi investitsiya (YaI)lardir. Samara va samaradorlik tushunchalariga nisbatan bunday yondoshish boshqarish ob’ektiga, ya’ni yaxlit ishlab chiqarishga xosdir. Boshqarish samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondoshish, albatta no to‘g‘ri bo‘lardi. Chunki bu erda asosiy urg‘u boshqariluvchi ob’ekt (korxona, firma va h.k.) samaradorligiga emas, balki ko‘proq boshqaruv mehnati samaradorligiga, xususan, boshqaruv funktsiyalarining samaradorligiga beriladi. Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi-bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir.Mezon (kriteriya)-bu taqqoslash yoki baholash uchun o‘lchov, andoza.Masalan, mehnat-kishi qadr-qiymatining mezonidir. Yoki aniqroq misollar:
3.Boshqaruv qarorlariga qo'yilgan talablar.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling