Quydagilar: talaba bu fanni o’rganib bozorni boshqarish va tashkil etish asoslarini
Download 1.54 Mb.
|
Menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari
- Motivlashtirishning oqilona modeli
Variant -23
l. Boshqaruv bo'g'ini va bosqichi to'g'risida. Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda,quyi bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir. 2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda RINGI usuli. "Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi 3. Motivlashtirish modellari. Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanib kelinmoqda. Ularning asosiylari quyidagilardir: oqilona (ratsional) model; insoniy munosabatlarni motivlashtirish; kompleks motivlashtirish modeli. Oqilona (ratsional) model quyidagi chizmaga ega Baholash, ijroni yaxshilash Jazo Mukofot Motivlashtirishning oqilona modeli Bu erda kishilarni motivlashtirish uchun moliyaviy dastak mukofot va jazo qo’llaniladi. Bu "shirin kulcha" va "qamchi" taktikasidir. Ba'zi hollarda bunday yondoshish to’g’ri bo’lar, ammo uning samarasi juda qisqa bo’ladi. Boshqa hollarda esa u kishilar o’rtasidagi munosabtga putur etkazib uzoq muddatga zarar etkazishi mumkin. Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli 11-chizmada berilgan. Bu modelning muallifi amerikalik ruhshunos Emerson Meyo bo’lib, uning negizida quyidagi g’oya yotadi.Ichki omillar: shuhrat topish, ijroni yaxshilash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ishdan qoniqishga olib keladi. Ishdan qoniqish esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday yondoshuv eng muhim tashqi omilni, ya'ni ish haqini inobatga olmaydi. Go’yoki "mamnun (ehtiyoji qondirilgan) kishi bu unumli (samarali ishlaydigan)" kishi emish. Bunday o’ylash, albatta, noto’g’ri va soddalikdir. Ijroni yaxshilash Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling