Quyosh bitmas tuganmas enyergiya manbasi. Reja
Download 318.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh nurlari energiyasi.
- Quyosh havzalari
Quyosh atmosferasi
4.1.1-rasm. Quyoshning Hinode sun‘iy yo'ldoshidagi optik teleskop (SOT) yordamida olingan sirti va Quyosh toji. 2007-yil 12-yanvarda olingan. Quyoshning fizik parametrlari 4.2. Quyosh nurlari energiyasi. 4.2.1-rasm. Topaz quyosh elektr stansiyasi Quyosh nurlari stansiyalari - quyosh nurlari energiyasini elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslangan. Quyosh elektr stantsiyalari (QES) Quyosh energiyasini to'g'ridan-to'g'ri (ichki fotoelektr effekti asosida), elektr energiyasiga aylantirib beradi. Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida "Topaz Solar Farm" kompaniyasining Quyosh elektr stantsiyasi 550 MVt quvvatga ega va u hozirda ishlab turibdi. Quyosh elektr stantsiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: • kaliy eritmasi bilan to'ldirilgan markaziy minoraga geliostatlar yordamida quyosh nurlari jamlanadi; • modul - QESlarda sovutish suyuqligi, odatda moylar qo'llanib Quyosh nurlarini parabolik-silindrsimon ko'zgu kontsentrator markaziga o'rnatiladi va issiqlik ta‘sirida bug'lanadigan suvga issiqlik uzatiladi. 4.3.2-rasm. Quyosh suv havzasining diagrammasi: 1- toza suv qatlami; 2 - gradient qatlam; 3- sho'r suv qatlami; 4 - issiqlik almashtiruvchi. Quyosh havzalari - bir necha metr chuqurlikdagi, ko'p qavatli tuzilishga ega bo'lgan kichik hovuz. Yuqori - konvektiv qatlam - chuchuk suv so'ngra sho'r konsentratsiyasi yuqoridan pastgacha ortib boradigan gradiyent qatlami, hamda pastki qismida yuqori sho'rlikka ega suv qatlami mavjud. Issiqlikni maksimal yutishga erishish uchun hovuzning pastki va yon tomonlar qora material bilan qoplanadi. Suvni isitish pastki qatlamda sodir bo'ladi, chunki sho'r suvning zichligi kamroq, chunki issiq suvda tuzning erishi tufayli zichlik katta bo'ladi. Qatlamlarning konvektiv aralashmasi sodir bo'lmaydi va sho'r suvni T=100 °C yoki undan yuqori darajaga qadar qizdirilishi mumkin. Naychali issiqlik almashinuvchi tizim sho'r suv muhitiga joylashtiriladi. Undan past haroratlarda qaynoq suyuqlikka (ammiak, freon va boshqalar) aylanadi va qizdirilganda bug'lanib, kinetik energiyani bug' turbinasiga o'tkazadi. Bu turdagi eng yirik elektr stantsiya Isroil davlatida qurilgan bo'lib, uning quvvati 5 MVt, suv havzasining maydoni 250 000 m 2 va chuqurligi 3 m ni tashkil qiladi. Download 318.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling