Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”
Download 33.74 Kb.
|
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh “toji”.
Quyosh chaqnashlari. Quyoshda kuzatiladigan eng kuchli jarayonlardan biri xromosfera chaqnashlaridir (27-rasm). Bir necha minut davom etgan chaqnashdan ajraladigan energiyaning miqdori soatiga 100 trilliondan ming kvadrillion kilovatt (1014-1018 kW) gacha yetadi. Bu degan so`z, bitta kuchli Quyosh chaqnashi davomida ajralayotgan energiya Yerdagi butun butun yoqilg`i zaxiralarining yonishidan ajralgan energiya miqdoriga teng, demakdir. Xromosfera chaqnashlari Quyosh dog`lari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, asosan, Quyoshning dog`li sohalari yaqinida uchraydi. Bu jarayon paytida vodorod atomining spektral chizig`i (Hα) ga mos to`lqin uzunligida kuzatiladigan xromosferada, chaqnash ro`y berayotgan soha ravshanligining keskin ortishi kuzatiladi. Shuingdek, Quyoshning roentgen diapazonda nurlanishi, radiodiapazonlarda kelayotgan signallarning keskin intensivlashuvi hamda Quyoshning umumiy nurlanish energiyasining ortishining sababi ham xromosfera chaqnashlaridandir. Ba`zan quvvatli xromosfera chaqnashlari juda katta tezlikdagi protonlarning energiyasi 10-100 megaelektronovolt (MeV) gacha yetib, uning yo`lida uchragan kosmik apparatlar ichidagi kosmonavtlar hayoti uchun ham katta xavf tug`diradi. Chunki bunday quvvatli protonlar kosmik kema devoir bilan to`qnashgandan kema ichiga bemalol kira oladigan va tirik organism uchun katta xavf tug`diradigan gamma nurlarini vujudga keltiradi.
27-rasm. Xromosferaning eng quvvatli obyekti – chaqnashlar Chaqnash sohasidagi gaz harakatini atomlarning spectral chiziqlarning holatiga ko`ra o`rganish, zarrachalar oqimining Quyoshdan tashqariga otilish tezligi sekundiga 500 dan 1000 kilometrgacha yetishini ma`lum qiladi. Quyoshdan ko`tarilgan siyrak korpuskulyar zarrachalarning oqimi “Quyosh shamoli” deb yuritiladi. Bunda “shamol” 1,5-2 kunda Yer orbitasigacha yetib keladi. Yerga yetib, Quyosh shamoli turli geofizik hodisalarda o`z aksini topadi va biosferaga ham sezilarli darajada ta`sir qiladi. Quyosh “toji”. Quyosh to`la tutilayotganda, ya`ni oy gardishi uni bizdan butunlay to`sganda, Quyosh atrofida osmonning qora fonida 1-2 Quyosh radiusini (ba`zan undan ortiq) masofasigacha cho`zilgan xira kumushsimon yog`du kuzatiladi (28-rasm). Quyosh toji deyiladigan bu hodisani kishilar juda qadimdan Quyosh to`la tutilgan chog`larida kuzatganlar. Qadimiy Misr obidalarida aks ettirilgan “qanotli Quyosh” rasmlari fikrimizning dalili bo`la oladi. Biroq XIX asrga qadar Quyosh “toji” bevosita Quyosh atmosferasiga tegishli hodisa ekanligi haidagi fikr shubha ostida olinib, bu hodisa – Yer atmosferasining yoki Oy tog`larining “ishi” deb, ba`zida esa Oy atmosferasida Quyosh nurlarining sochilishidan deb, noto`g`ri talqin qilib kelindi. Download 33.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling