Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”


Protuberaneslar – alanga “til”lari


Download 33.74 Kb.
bet5/8
Sana07.02.2023
Hajmi33.74 Kb.
#1175107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot

Protuberaneslar – alanga “til”lari. Protuberaneslar Quyoshda sodir bo`ladigan eng chiroyli hodisalardan desak mubolag`a bo`lmaydi (26-rasm). O`rta asrlar qo`lyozmalarida Quyosh to`la tutilganda, protuberaneslarning kuzatilganligi haqida ma`lumotlar uchraydi. Quyoshning fotosferadan yuqori qatlami xromosfera deyilib (grekcha “xromos” – rang degani), balandligi 14000 km gacha boradi. Bu qatlamda uchraydigan ulkan obyektlardan biri – protuberaneslardir. Quyoshdagi bu obyektlar tashqi ko`rinishi bilan gulxan alangasining “tili”ni eslatadi. Alanga “til”larining spektri ularda gaz bosimi, temperaturasi va harakati kabi fizik kattaliklarni aniqlashga imkon beradi.
26-rasm. Xromosfera ulkan obyektlaridan biri – protuberaneslar
Ayniqsa, 1920-yilda fransuz olimi Y.Petit taklif qilgan va ayni paytda qo`llaniladigan usul, xromosfera spektrining maxsus chiziqlarida ularni katta tezlik bilan kinoga olishga (sekundiga 16 kadr) imkon berib, tez o`zgaradigan protuberaneslarning evolyutsiyasini o`rganish uchun juda qo`l keldi. Protuberaneslar ham xromosferaning nurlanishi kabi kalsiyning ionlashgan chiziqlari (H va K) va vodorodning qizil (Hα – to`lqin uzunligi 6562 Ǻ) chizig`ida kuchli nurlanadi. Shuning uchun ham u ko`plab observatoriyalarda (jumladan, Toshkent observatoriyasida ham) shu chiziqning to`lqin uzunligiga to`g`ri kelgan nurni o`tkazuvchi monoxromatik filtrlar bilan qurollangan teleskoplarda o`rganiladi. Bu nurda (6562 Ǻ) olingan xromosferaning tasvirida protuberaneslar, Quyosh diskida proyeksiyalanib, cho`zinchoq egilgan tolalar ko`rinishida bo`ladi. Quyosh diametrini bilgan holda bu tola (protuberanes) larning o`lchami aniqlanganda, ularning eni 6000-10000 km, uzunligi esa bir necha yuz ming kilometrgacha borishi ma`lum bo`ladi. alanga tili ko`rinishda Quyosh chetidan ko`tarilgan protuberaneslarning balandligi ham bir necha yuz ming kilometrdan kam bo`lmasligi, Quyoshda ular naqadar ulkan jarayonlardan ekanligidan darak beradi.
Protuberaneslarning rivojlanishida magnit maydonining roli katta. Ularga tegishli magnit maydonining kuchlanganligini o`lchash bunday eksperimentning biroz bo`lsa-da murakkabligi tufayli faqat o`tgan asrning 60-yillaridagina yo`lga qo`yildi.
Protuberaneslar, atrof xromosferaga nisbatan ancha zich plazma bulut (temperaturasi 5000-10000ºC, zichligi – 1 kub santimetrda 1010-1012 zarraga to`g`ri keladiα dan iborat bo`lib, qariyb yuz marta issiqroq quyosh toji bilan o`ralgan. Protuberaneslar Quyosh gardishi chetida tepalik, pichan g`arami, sirtmoqsimon va voronka kabi turli ko`rinishlarda bo`ladi. ular aktivligiga ko`ra bir-biridan farqlanuvchi sokin, aktiv va eruptiv guruhlarga ajratilib o`rganiladi. Aktiv va eruptiv protuberaneslar Quyosh dog`lari bilan bevosita bog`lanishda bo`ladi.

Download 33.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling