Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”


Quyosh dog`lari – magnit orollari


Download 33.74 Kb.
bet4/8
Sana07.02.2023
Hajmi33.74 Kb.
#1175107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot

Quyosh dog`lari – magnit orollari. Quyosh fotosferasida kuzatiladigan, fizik tabiati jihatidan jumboqlarga boy obyektlar – dog`lardir (25-rasm). Quyosh dog`larining kattaligi turlicha bo`lib, ularning o`lchami bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi. 1858-yilda kuzatilgan Quyosh dog`i – eng yirik dog`lardan biri edi. Uning diametri 230 ming kilometrga yetib, Yer diametridan 19 martacha katta bo`lgan. Agar Quyosh dog`larining kattaligi 40 ming kilometrdan ortiq bo`lsa, bunday dog`larni Quyosh botayotganda yoki chiqayotganda uning sirtida oddiy ko`z bilan teleskopsiz yoki boshqa kuzatish asbobisiz bemalol ko`rish mumkin. Shuning uchun ham ko`pgina qadimiy qo`lyozmalarda Quyosh sirtida dog`lar kuzatilganligi hikoya qilinadi. Biroq u davrlarda hech bir kuzatuvchi bu dog`larning bevosita Quyoshga tegishli ekanligiga ishonmagan. Birinchi bo`lib, 1609-yilda dog`lar Quyoshning o`ziga tegishli ekanligi Galiley o`zi yasagan teleskop teleskop yordamida kuzatib aniqladi.
a) b)
25-rasm. Quyosh dog`lari:
a) to`g`ri dog`; b) dog` guruhi
Shundan buyon o`tgan salkam 4 asr vaqt davomida olimlar Quyosh dog`lariga tegishli ko`p muammolarni, jumladan, ularning paydo bo`lishi va rivojlanishi hamda fizik tabiatiga doir qator muammolarni hal qildilar. Odatda, Quyoshda dog`lar yakka holda juda kam uchraydi. Ular guruh-guruh holiday ko`proq kuzatiladi (47-rasm). Ma`lum dog` guruhida bitta yoki ikkita yirik qarama-qarshi magnit qutbiga ega bo`lgan dog`dan tashqari bir necha mayday dog`lar bo`ladi. Quyosh dog`larining temperaturasi fotosferanikidan o`rtacha 1500ºC ga pastligi tufayli ular fotosferada qorayib ko`rinadi.
Quyosh dog`larida kuchli magnit maydoni mujassamlashgan. Quyosh dog`larining yashash davri turlicha bo`lib, bir necha kundan bir-ikki oygacha davom etadi. Bir-ikki oy davomida yashay oladigan (ya`ni Quyoshning bir necha aylanishida yo`qolmay turadigan) dog`lar ko`p uchramaydi. Dog`lar Quyosh sirtining hamma qismlarida paydo bo`lavermay, uning ±35-40 gradus kengliklari orasidagi sohada paydo bo`ladi.
Quyosh fizikasiga tegishli muhim muammolardan biri undagi dog`lar sonining yillar mobaynida sistemali o`zgarib turishidir. Quyosh dog`lari soniga tegishli qariyb 100 yillik materialni yig`ib va bir necha o`n yil davomida havaskor astronomlar orasida Quyosh dog`larini sistemali kuzatishni yo`lga qo`ygan shveysariyalik olim Rudolf Volf Quyosh dog`lari soni o`zgarishining o`rtacha davrini 11,1 yilga teng deb topdi.
Quyosh dog`lari Quyoshdagi eng aktiv jarayonlardan ekanligi va Quyoshatmosferasi qatlamlarida uchraydigan barcha boshqa aktiv hodisalar bilan bevosita bog`lanishda bo`lganligi tufayli, Quyoshdog`lari sonining 11,1 yillik davri – Quyosh aktivligining davri sifatida qabul qilingan.

Download 33.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling