Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”
Download 33.74 Kb.
|
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash`allar.
Eslatma: Quyoshda Quyosh sistemasining 99,866% massasi to`plangan. Quyoshda vodorodning ulushi 70%, geliyning ulushi 27%, qolgan elementlarning ulushi 2,5%. Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash`allar. Asosan ko`zning ko`rish chegarasida yotuvchi to`lqin uzunligidagi nurlar chiqaruvchi Quyosh atmosferasining ostki qatlami fotosfera deb ataladi (23-rasm). Fotosfera teleskoplar yordamida kuzatilganda bir tekis ravshanlikka ega gardishdan katta farq qiladi. Yirik teleskoplar yordamida olingan Quyosh tasvirida ko`zga yaqqol tashlanadigan narsa uning sirtidagi asalari uyasini eslatuvchi donadorlikdir. Bunday donadorlik strukturasi fanda granulyatsiya deb ataladi (“granula” – mayday dona demakdir). Keyingi yillarda donadorlikning aniq rasmlari maxsus ballonlar yordamida stratosferaga uchirilgan Quyosh teleskoplari yordamida olindi. 23-rasm. Quyosh fotosferasi (dog`lari bilan) Bu rasmlar yordamida granulalarning ravshanligi, “yashash” davri va fizik tabiatini spectral o`rganishga doir ko`p yangi ma`lumotlar olindi. Jumladan, donador bu struktura, fotosferada kechayotgan konvektiv jarayonni o`zida aks ettirishi ekanligi ma`lum bo`ldi. Granulalarning o`rtacha kattaligi 500 kilometrcha bo`lib, aslida 200 kilometrdan 700-800 kilometrgacha kattalikdagilari uchraydi (24-rasm). Fotosferada granulalardan tashqari zanjirsimon shu`lali sohalar ham teleskoplarda hosil qilingan Quyosh tasvirida ko`zga tashlanadi. Bunday sohalar mash`allar deb ataladi. Mash`allar asosan Quyosh dog`lari bilan birgalikda uchraydi. 24-rasm. Quyosh sirtining haqiqiy strukturasi – donadorlik (granulyatsiya) Mash`allar faqat Quyosh diskining chekkalarida yaxshi ko`rinib, uning markaziy qismida ko`rinmaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, mash`allarning yuqori qismi fotosferaga nisbatan ravshanroq bo`lgan obyektlardir. Mash`allarning yuqori qismida kuzatiladigan ravshanlik undagi temperatura fotosferanikiga nisbatan 100-200ºC issiqroq ekanligidan darak beradi. mash`allar nihoyatda ulkanligi bilan e`tiborni jalb etadi. Ayrim mash`allar egallagan maydon, ko`ndalangligiga, bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi, maydoni esa bir necha mln.kv.km ni tashkil etadi. Download 33.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling