Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”


Quyosh aktivligi va uning Yerga ta`siri


Download 33.74 Kb.
bet8/8
Sana07.02.2023
Hajmi33.74 Kb.
#1175107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot

Quyosh aktivligi va uning Yerga ta`siri. Yerda kuzatiladigan ko`plab fizik va biologik hodisalarning kechishi, xususan, iqlimning o`zgarishi, xilma-xil kasalliklarning davriy ravishda takrorlanishi, ionosferadagi hodisalar, Yerning magnit maydoni “bo`ronlari” va kosmonavtlar uchun radiatsiya xavfining tug`ilishi – bularning hammasiga Quyoshda ro`y beradigan turli aktiv jarayonlar sababchi ekanligi fanga anchadan beri ma`lum. Garchi, bu muammo to`la hal qilinmagan bo`lsa-da, Quyosh aktivligining Yerda kuzatiladigan, aslatiladigan hodisalar bilan aloqadorligini o`rganish borasida ko`p yutuqlar qo`lga kiritilgan.
Bir-biridan 150 million kilometr uzoqlikda joylashgan bu ikki osmon jismi (aniqrog`i, yulduz va uning yo`ldoshi Yer) orasidagi kechadigan uzviy bunday bog`lanish qanday tushuntiriladi? Bu katta masofada vositachi rolini nima o`ynaydi? – degan savol tug`iladi.
29-rasm. Quyosh aktivligining (dog`lari sonining yillar bo`ylab) o`zgarish grafigi
Yerda hayotning manbayi Quyosh ekanligi va bunda Quyosh nurlari yorituvchi va issiqlik baxsh etuvchi asosiy vosita ekanligi qadimdan ma`lum. Biroq keyingi yillarda Quyoshning elektromagnit to`lqinlarining ko`zga ko`rinmaydigan qisqa to`lqinli diapazonlardan ham yetarlicha intensive nurlanishi aniqlandi. Bu nurlar ultrabinafsha, roentgen va gamma nurlari bo`lib, Quyoshdagi aktiv hodisalar bu nurlar intensivligining ortishida asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Quyosh chaqnashlari va eruptiv (portlovchi) protuberaneslardagi portlash tufayli bu nurlar oqimiga katta energiyali elementar zarrachalar oqimi ham qo`shiladi. Eslatilgan “Quyosh shamoli” deyiluvchi bu oqimning intensivligi Quyosh aktivligining fazasiga mos ravishda o`zgarib boradi. Quyoshdan kelayotgan korpuskulyar zarrachalar, radiatsion nurlar intensivligining bu xilda o`zgarib turishi, Quyoshning aktivlik darajasiga bog`liq bo`lib, dog`lar soning o`zgarib turishi bilan bir xilda kechadi. Yuqorida eslatilganidek, Quyoshning aktivligi, undagi dog`lar sonining yillar davomida o`zgarishi bilan xarakterlanib, uning davri o`rtacha 11,1 yilni tashkil etadi. 29-rasmda Quyosh aktivligining oxirgi bir necha o`n yildagi o`zgarishi aks ettirilgan. Shubhasiz, “Quyosh shamoli” Yerga yetib kelgach, turli geofizik hodisalarning, jumladan “magnit bo`ronchalari” ning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. geofizik hodisalar esa, o`z navbatida, planetamizning biologik sferasiga ta`sir etadi. Natijada ko`plab biologik hodisalarning kechishida ham Quyosh aktivligining o`zgarishi o`z aksini topadi. Quyosh aktivligining past yoki yuqori darajada kuzatilishi, birinchi navbatda, Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida “aks sado” beradi. Xususan, Quyosh radiatsiyasi tufayli ionosferaning ionlanish darajasi ortadi. Bu esa, o`z navbatida, atmosferaning bu qatlamlarining elektr o`tkazuvchanligini, elektromagnit nurlarni qaytara olish qobiliyatini o`zgartiradi. Ba`zan Quyoshdan kelayotgan kuchli korpuskulyar oqim ionosferada qisqa uzunlikdagi elektromagnit to`lqinlarning yutilish darajasini shu qadar orttiradiki, natijada atomlarning yuqori darajada ionlanishi tufayli uzoq masofaga qisqa radioto`lqinlarning uzatilishida bir necha daqiqali uzilish ro`y beradi. 1959-yil 9-may kuni Quyoshda kuchli xromosfera chaqnashi kuzatiladi. 10 va 12-mayda ham Quyoshda bir necha chaqnashlar kuzatildi. 11-mayda AQSHda radio, telegraf, telefon aloqalari ancha muddatga ishdan chiqdi. 12-mayda eslatilgan chaqnashlardan otilgan korpuskulyar oqim Yerga yetgach, osmonda kuchli qutb yog`dusi kuzatiladi.
Quyosh aktivligi va epidemic kasalliklar orasidagi bog`lanishni o`rganishda rus olimi professor A.L.Chijevskiyning hissasi katta. U keng tarqaladigan o`lat, vabo, qaytarma tif, bo`g`ma kabi epidemic kasalliklarni o`rganib, ularning boshlanishi, rivojlanishi va tugashi Quyosh aktivligi fazasiga mos kelishini aniqladi. R.P.Bogacheva va V.M.Boyko kabi olimlar esa oxirgi bir necha o`n yillik davrda polimiyelit (virusli miya shamollashi) kasalliklari dinamikasini Riga va O`zbekistonda o`rganib, bu kasalliklarning avji Quyosh aktivligiga juda mos kelishini aniqladilar.
Olimlar Quyosh chaqnashining yurak-tomir kasalligiga ta`sirini o`rganib, miokard-infarkt kasalligi bilan Quyosh chaqnashi orasida kuchli bog`lanish mavjudligini aniqlashdi.
Adabiyotlar:
M.Mamadazimov Astranomiya: Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun darslik. 99-114 betlar
M. Mamadazimov Astronomiyadan o’qitish kitobi
Read 1520 times
Download 33.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling