Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”


Download 33.74 Kb.
bet1/8
Sana07.02.2023
Hajmi33.74 Kb.
#1175107
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot


QUYOSH HAQIDA MA’LUMOTLAR. PROTUBERANSLAR. QUYOSH CHAQNASHLARI VA QUYOSH “TOJI”.
Reja:
1. Quyosh haqida ma’lumotlar.
2. Quyosh fotosferasi. Quyosh dog’lari.
3. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari. Quyosh “toji”.
4. Quyosh aktivligi va uning yerga ta’siri.
Quyosh haqida umumiy ma`lumotlar. Quyoshning kundalik ko`rinma harakatiga biz shu qadar ko`nikib qolganmizki, go`yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so`nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g`oyib bo`lsa, planetamizda qanday o`zgarishlar ro`y bergan bo`lar edi?
Agar Quyosh so`nsa, zum o`tmay Yerni qoromg`ulik qoplardi, chunki Quyoshning yorug`ligini qaytarish hisobiga ko`rinadigan Oy va planetalar xira shu`lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg`irin sovuq o`z “iskanjasiga” olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to`xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubiga muzlar, shamol ham “uvillash”ni bas qilardi. Xullas, hamma yoqni vahimali qorong`ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod yoqilg`ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho`zsa-da, biroq bu halokatdan qochib qutula olmas edi.
Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo`lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhit hodisalarini ilmiy tushuntirishga ojiz bo`lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho`kishgan, unga sig`inishgan. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga issiqlik va hayot in`om qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig`inishganda, yunonliklar va rimliklar Quyoshga nur, musiqa va poeziya xudolari – Feba, Gelios va Apollon timsollari sifatisa sig`inishgan.
Keyingi yillarda Quyoshning massasi, temperaturasi va fizik tabiatini o`rganish borasida yig`ilgan ma`lumotlar Quyosh to`g`risida bizga yetarli darajada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko`pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta`siri tufayli sodir bo`lar ekan.
Garchi oddiy ko`z bilan qaraganda, Quyosh sokin bir osmon jismidek ko`rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni “boshidan kechirayotgan” yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o`rganish har jihatdan barcha tibbiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.
Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo`lib, kattaligi va temperaturasiga ko`ra o`rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz – Yer, uning yo`ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo`lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (32`) ostida ko`rinadi. Yer ham boshqa planetalar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa aniq o`lchanib (149,6 million kilometr), u uzunlik o`lchovining birligi sifatida qabul qilingan va yuqorida eslatganimizdek, bir astronomik birlik (1 a.b.) deb deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o`tadi. Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr bo`lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig`adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. 21-rasmda Quyoshning o`lchami, uning yo`ldoshlari – planetalar o`lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atrofida bo`lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosidan taxminan 16 million gradusga yetadi. Quyosh chiqarayotgan nurlanish energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan ko`z oldimizga yaqqol keltirishimiz mumkin. Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi 4·1026 J bo`lib, 12 ming trillion tonna ko`mirni yoqqanda ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayotgan energiyasining miqdori ham kam bo`lmasa-da, biroq u Quyoshdan ajralayotgan butun energiyaning atigi 2 milliarddan bir qisminigina tashkil qiladi.

Download 33.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling