Quyosh haqida ma’lumotlar. Protuberanslar. Quyosh chaqnashlari va quyosh “toji”
-rasm. Quyoshning planetalar bilan solishtirilgan o`lchami
Download 33.74 Kb.
|
5.QUYOSH HAQIDA MAlumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-rasm. Quyosh spektri
21-rasm. Quyoshning planetalar bilan solishtirilgan o`lchami
Quyoshning markazida bosim 200 mlrd atmosferaga yetadi. Uning o`rtacha zichligi 1, 41 g/sm3. Quyosh ulkan temperaturali olov shardan iborat bo`lib, uni tashkil qilgan gaz oddiy gazlarga nisbatan o`z xususiyatlari bilan keskin farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo`ladi. bunday qaynoq yuqori temperaturali zich plazma tutash spektrni beradi. biroq bunday nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o`tishda, turli atomlar tomonidan mos to`lqin uzunliklaridagi nurlarning yutilishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutilish spektriga aylanadi (22-rasm). Quyosh ham barcha boshqa osmon jismlari kabi o`z o`qi atrofida aylanadi. Uning aylanish davri o`rtacha 25 sutkani tashkil etadi. 22-rasm. Quyosh spektri Quyosh markazi tomon yo`nalgan gravitatsion tortishish kuchlari ta`sirida uning markaziy qismida juda yuqori bosim vujudga keladi. Agar modda Quyosh ichida bir tekis taqsimlangan bo`lib, zichligi uning hamma qismida o`rtacha bo`lsa edi, u holda Quyoshning ichki bosimini hisoblash oson bo`lar edi. 1/2R ga teng chuqurlik uchun shunday hisoblashni bajaraylik. Bunday chuqurlikdagi og`irlik F=mg – balandligi 1/2R va yuzi S bo`lgan radial ustuncha ichidagi moddaning massasiga hamda radiusi 1/2R bo`lgan sfera sirtidagi g ning qiymatiga bog`liq. Quyosh moddasining bunday ustuncha ichidagi massasi: «Bir jinsli» Quyosh markazidan 1/2R masofada erkin tushish tezlanishining kattaligi (butun olam tortishish qonuniga muvofiq): Chunki ko`rsatilgan sferaning hajmi, umumiy Quyosh hajmining 1/8 qismini tashkil etadi va zichlik bir xil bo`lganda unda 1/8 M bo`ladi. Shuning uchun bosim: ifodadan topiladi. Bundan r=6,6x1013 Pa ekanini topamiz. Ya`ni bosim atmosfera bosimidan milliard marta katta chiqadi. Gaz qonunlariga muvofiq bosim temperaturaga va zichlikka proporsionaldir. Bu hol, Quyosh bag`ridagi temperaturani aniqlashga imkon beradi.Zichlik va temperaturaning markazga tomon ortib borishini o`z ichiga oladigan aniq hisoblashlar Quyosh markazidagi gaz zichligi 1,5x105 kg/m3 (qo`rg`oshin zichligidan 13 marta katta) atrofida, bosim taxminan 2x1018 Pa, temperatura esa 15000000 K ga yaqin ekanligini ko`rsatadi. Quyidagi jadvalda Quyoshning fizik parametrlari keltirilgan:
Download 33.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling