Quyosh kollektorining effektivligini issiklik izolyatsiyasining funksiyasi sifatida


Download 287.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi287.96 Kb.
#1466236
  1   2   3   4
Bog'liq
№3 QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI



LABORATORIYA ISHI №3 
QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI
ISSIKLIK IZOLYATSIYASINING FUNKSIYASI SIFATIDA
ANIQLASH
 
Ishning maqsadi: Temperatura egriligini majburiy sirkulyasiya vaqtining 
funksiyasi sifatida olish, Quyosh kollektorining effektivligini baholash. 
Kerakli asboblar: Quyosh kollektori, Quvvati 1000 W, och tusli 
cho’g’lanma lampa, suv nasosi, boshqariladigan past kuchlanishli kuchlanish 
transformatori, uzunligi 100 sm bir juft kabel (qizil/sariq), mobil CASSY524, K 
tipli NiCr-Ni- Adapter, NiCr-Ni-temperatura datchigi 1,5 mm, K tipli, po’latli 
o’lchash poloskasi 2 m, Taymer, V shaklsimon shtativ asosi 20 sm, shtativ 
ustunchasi 25 smli 12 mm, shtativ ustunchasi 47 smli 12 mm, shtativ ustunchasi 75 
smli 12 mm, multi qisqichlar Leybold, universal tutgich 0...80 mm, plastik stakan, 
silikon quvurlar 5 mmli 1m, silikon quvurlar 6 mmli 1 m, silikon quvurlar 8 mmli 
1 m. 
Nazariy qism 
 
Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va o’zi hamda to’ldirilgan 
suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi η suv yutgan issiqlik 
energiyasining ∆Q kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ∆Ε nisbati 
bilan o’lchanadi: 𝜂 =
Δ𝑄
Δ𝐸
Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi: 
Δ𝐸 = Δ𝑡𝑃. 
Bunda Р radiasiya quvvati. Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq 
bo’lganda, u atrof muhitga nurlanish, konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik 
orqali issiqlik ajratadi. Shu yo’qotishlar sababli kollektorning effektivligi 
kamayadi.
Tajribada suyuqlikning majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga 
oshiriladi. Sistema (kollektor, quvurlar va bak) tomonidan yutilgan issiqlik 
energiyasi asosan suvda mujasamlashganligi uchun quyosh kollektorining 
temperaturasi juda yuqori bo’lib keta olmaydi. Tajribalarda quyosh kollektori 


issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qo’llaniladi. Bunda bakda suvning 
temperaturaviy xarakteristikalari o’lchanadi. 

Download 287.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling