Quyosh va sayyoralar. Oy. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar
-rasm. Quyosh tizimining vujudga kelishi (Shmidt gipotezasi bo’yicha)
Download 109.42 Kb.
|
Matn
9-rasm. Quyosh tizimining vujudga kelishi (Shmidt gipotezasi bo’yicha)
(Baratov P., 1980). Keyinchalik Quyosh haligi zarralardan vujudga kelgan va ellips orbita bo’ylab aylana boshlagan qattiq jismlarning katta to’plami o’rtasida qolgan. Quyosh atrofida aylangan chang zarralari va qattiq jismlar bir-biriga urilgan va buning natijasida o’z kinetik energiyasining bir qismini yo’qotgan. Bu esa zarralar to’plamining zichlashishiga olib kelgan va to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so’ng, zarralar bir-biriga yopishib quyuqlashgan. Quyuqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir necha marotaba parchalanib ketgan va yana birlashgan, asta-sekin kattalasha borgan, natijada sayyoralar hosil bo’lgan. Paydo bo’lgan har bir sayyora o’z ta’sir doirasida kosmik changdan ma’lum bir qismini o’ziga ergashtirib olgan va yo’ldoshlarini hosil qilgan. Sayyora qancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p yo’ldosh yarata olgan. Sayyoralarni hosil qilgan bulutning Quyoshga eng yaqin qismi juda tez siyraklashib qolgan, chunki zarralarni ma’lum bir qismini Quyosh tortib olgan, ba’zi zarralar esa nurning itarishi natijasida chekka tomon surilib chiqarilgan. Shuning uchun, Quyosh yaqinida sayyora hosil qiluvchi jinslar kam bo’lganida u joyda kichik sayyoralar vujudga kelgan va ularning yo’ldoshlari kam yoki umuman yo’q. Quyoshdan uzoqda sayyora hosil qiluvchi jinslar serob joyda yo’ldoshlari ko’p bo’lgan katta va o’lkan sayyoralar hosil bo’lgan. Yer guruhidaga (ichki) va ulkan (tashqi) sayyoralarning zichligini turlicha bo’lishiga sabab, Quyosh yaqinida uning issiqligi ta’sirida changlarning eng yengil va uchib yuradigan tarkibiy qismlari bug’lanib ketgan va og’irroq tarkibiy qismlarigina qolgan. Quyoshdan uzoqda esa yengil va uchib yuradigan jismlar zarralar tarkibiga kiribgina qolmay, hatto ularga qo’shilib, qirov bo’lib atrofida yahlab qolgan. Demak, ichki sayyoralar, tashqi sayyoralarga nisbatan og’irroq jismlardan tuzilgan. O.Yu.Shmitd nazariyasiga binoan, sayyoralar qanday zarralar to’plamidan kelib chiqqan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ham huddi shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish jarayonini kichik jismlar hosil qilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiqqan. Shunday qilib, sayyoralar sovuq koinot jismlari sifatida tarkibiy va solishtirma og’irligi turlicha bo’lgan zarralarning to’plamidan hosil bo’lgan. Bu zarralar orasida radioaktiv moddalar hosil bo’lgan. Radiaktiv moddalar esa o’z-o’zidan parchalanib issiqlik chiqarish xususiyatiga ega. Moddalarning radioaktiv parchalanishi natijasida sayyoraning ichki qismlari qiziy boshlagan va sayyora yumshab, plastik bo’lib qolgan. Bunday yumshoq moddalar juda sekin harakat qilgan. Yengilroq moddalar asta-sekin yuqoriga surilib chiqqan, og’irroq moddalar esa asta-sekin markazga tusha boshlagan. Og’irlik kuchi ta’sirida ro’y beradigan bunday ichki tabaqalanish (saralanish) jarayoniga Download 109.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling