Quyosh va sayyoralar. Oy. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar


Download 109.42 Kb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi109.42 Kb.
#1509223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matn

gravitatsion tabaqalanish deb ataladi. Tabaqalanishning borishi moddaning yopishqoqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Bosim ortgan sari moddaning yopishqoqligi orta boradi. Shuning uchun, sayyoralarning tashqi qismlarida ichki chuqur qismlariga nisbatan tabaqalanish jarayoni osonroq va tezroq ro’y beradi.
Yerning ichki qismidagi gravitatsion tabaqalanish ta’sirida zichroq markaziy yadro va yengilroq yuzadagi qatlam hosil bo’lgan. Bular orasida esa zichligi o’rtacha bo’lgan qatlamlar joylashgan. Ma’lum sharoitda daryo tagida hosil bo’lgan muz parchasi («o’zan tagi muzi») muayyan vaqtda daryo yuzasiga qalqib chiqqanda o’ziga yopishgan og’ir toshlarni ham o’zi bilan birga olib chiqqani kabi, yengil toshlar bilan birga geokimyoviy jihatdan ular bilan bog’liq bo’lgan og’ir radioaktiv moddalar ham yuqoriga chiqib, yer po’stidan joy olgan.
Rossiyalik olim E.V.Sobotovichning fikriga ko’ra bundan 4,7-5 milliard yil avval yangi portlash sodir bo’lishi oqibatida gazlarning quyuqlashuvi natijasida radioaktivligi kuchli bo’lgan moddalar - tumanliklar hosil bo’lgan, so’ngra Quyosh va sayyoralar sodir bo’lganligini ta’kidlaydi.
Ba’zi olimlarning fikriga ko’ra, Quyosh va sayyoralarni tashkil etgan moddalar bundan 7-7,5 milliard yil muqaddam bulutlarni hosil qilgan. Tarkibi va solishtirma og’irligi turlicha bo’lgan elementlar to’plamining gravitatsiya kuchlar ta’sirida siqilishi oqibatida Quyosh tizimi tarkib topgan.
Yuqorida qayd qilganimizdek, Quyosh markazida termoyadro reaktsiyasi sodir bo’lib, vodorod geliyga aylanishi tufayli energiya sodir bo’ladi. Hozir termoyadro yonish Quyoshning markazida sodir bo’lsa, taxminan 600 million yildan so’ng Quyoshning yuzasida kuzatiladi.
Yulduzlar, jumladan Quyosh qachondir o’z markaziy qismidagi yoqilg’i manbai bo’lmish vodorodni «yoqib» tugatgandan so’ng, termoyadro reaktsiyasi ham tugaydi, natijada yulduz so’nadi. Olimlarning fikricha Quyoshga o’xshash yulduzlarda bu davr o’n milliard yildan so’ng kelar ekan. Bu inson umriga nisbatan olganda yaqin vaqt emas.
Demak, Quyosh o’ta qizigan olovli sferik massa bo’lib, undagi «yoqilg’i» -vodorod zahirasi yana Yerni o’n milliard yil atrofida energiya bilan ta’minlab turadi.


1 Pluton yaxshi o'rganilmaganligi sababli bu sayyora ikkala guruhga ham kiritilmaydi..

2 Происхождение сольнечная системы, 1976; Сольнечная система, 1978; Криволицкая, 1985.

Download 109.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling