R, L zаnjirini o‘zgаrmаs kuchlаnishgа ulаsh
R, L zanjirda qisqa tutashuv
Download 128.04 Kb.
|
13-маъруза~
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. R, L zanjirning sinusoidal EYK manbayiga ulanishi.
2. R, L zanjirda qisqa tutashuv. O‘zgarmas yoki sinusoidal EYK manbayiga ulangan R, L zanjir paytda qisqa tutashgan holatni ko‘rib chiqamiz (8.6- rasm, a). Bunday rejimlar transformatorlar, uzatish liniyalarida va boshqa elektrotexnik qurilmalarda ko‘p uchraydi. Bu holatda induktivlikda to‘plangan magnit maydoni hisobiga undagi tok sakrab o‘zgara olmaydi: elektromagnit inersiya prinsipi(Lens qonuni)ga ko‘ra magnit maydonining kamayishi hisobiga hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYKi zanjirdagi tokning kamayishiga to‘sqinlik qiladi.
Qisqa tutashgan konturdagi jarayon erkin rejim bo‘lib, bu holatda undagi turg‘un tok nolga teng, ya'ni . (8.11) tenglamaga ni qo‘yib, erkin tashkil etuvchisi uchun quyidagini hosil qilamiz: . Integrallash doimiysi A boshlang‘ich shart dan topiladi. Undan . Buni hisobga olib: , bu yerda - induktivlikdagi tokning bevosita kommutatsiyadan avvalgi qiymati. 13.3- rasm 13.3- rasm, b da o‘tkinchi jarayon mobaynida tok va kuchlanish egri chiziqlari keltirilgan. Induktivlikdagi kuchlanish: Qisqa tutashgan zanjirda o‘tkinchi jarayon nazariy jihatdan da tugaydi. Bu vaqt oralig‘i mobaynida induktivlik magnit maydonida to‘plangan energiya qarshilik R da issiqlikka aylanadi: Bu energiya kommutatsiyaga qadar induktivlikda to‘plangan magnit maydoni energiyasiga teng. 3. R, L zanjirning sinusoidal EYK manbayiga ulanishi. RL elementli zanjir (8.4- rasm) sinusoidal EYK manbayiga ulansa, berk zanjirdan o‘tadigan turg‘un tok quyidagicha aniqlanadi: . Shu tokning mos ravishda amplituda qiymati hamda tok va EYK o‘rtasidagi faza siljish burchagi: (8.11) tenglamaga ko‘ra o‘tkinchi jarayondagi tok: Integrallash doimiysi quyidagi bog‘liq bo‘lmagan boshlang‘ich shartdan topiladi: da bo‘lganligi uchun bo‘ladi. Demak, . O‘tkinchi tok esa: 13.4 - rasmda va larning vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi keltirilgan. Turg‘un va erkin toklar boshlang‘ich ordinatalari bir-biriga teng va ishoralari o‘zaro teskari bo‘lganligi uchun o‘tkinchi tok ni dagi qiymati nolga teng. Erkin tok esa vaqt bo‘yicha eksponensial kamayib boradi. vaqtda tok ga nisbatan marta kamayadi: RL zanjirda vaqt doimiysi kontur aslligi Q ga to‘g‘ri proporsional, burchak chastotasiga esa teskari proporsional, ya’ni: Agar da o‘tkinchi tok noldan o‘tsa va shu vaqtda kommutatsiya sodir etilsa, ya'ni kalit ulansa, yoki sharti bajariladi. Bu holatda erkin tok yuzaga kelmaydi va zanjirda o‘tkinchi jarayonsiz faqat turg‘un tok hosil bo‘ladi (13.4- rasm, a): . Agar kalit bo‘lganida ulansa, u holda erkin tokning boshlang‘ich qiymati maksimal bo‘lib, o‘tkinchi tok yarim davrga teng vaqt o‘tganida ekstremal qiymatga ega bo‘ladi (13.4- rasm, a). Agar vaqt doimiysi juda katta ( ) bo‘lsa, u holda zanjirning muvozanat tenglamasidagi iR qiymati ta'sirini e'tiborga olmasa ham bo‘ladi.
13.4- rasm Haqiqatdan, bo‘lganligi uchun: Demak, RL zanjirning vaqt doimiysi juda katta bo‘lganda uni integrallovchi zveno, deb qarash mumkin. Agar juda kichik bo‘lsa, u holda ham juda kichik va . Bu holda RL zanjirni differensiallovchi zveno, deb qarash mumkin. Bu zanjirlar integrallovchi va differensiyallovchi zvenolar ko‘rinishida avtomatik rostlash sistemalarining tarkibiy elementlari sifatida qo‘llaniladi. Quyida RL zanjirning sinusoidal EYK manbayiga ulanishini bir misolda ko‘rib chiqamiz. Masala: Parametrlari va bo‘lgan zanjir sinusoidal kuchlanish manbayiga ulangan (13.3- rasm). Kuchlanishning boshlang‘ich fazalari va bo‘lgan onda ulangan ikki holat (rejim) uchun o‘tkinchi tok ifodalarini toping. Download 128.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling