R. M. Shukurov 2022 yil «evolyutsi ya nazariyasi»


O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 194 Kb.
bet2/10
Sana05.05.2023
Hajmi194 Kb.
#1430280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Генетика ва эволюцион таълимот 2022 2023

1. O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Evolyutsiya nazariyasi” bakalavriatning 5140100- Biologiya yo’nalishi talabalariga 8-semestrda o’qitiladi. Ushbu dastur “Evolyutsiya nazariyasi” fanining tasnifi, tatqiqod metodlari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli, evolyutsion ta`limotning asosiy xususiyatlari va tirik organizmlardagi o`zgaruvchanlik, Yer yuzida organizmlarning rivojlanish tarixi kabilarni o`z ichiga oladi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad - talablarga evolyutsiya nazariyasining rivojlanish tarixi, tirik organizmlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqida bilimlar berishdir.
Fanning vazifalari - quyidagilardan iborat: evolyutsion ta`limotning maqsad- vazifalari, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari, evolyutsiya dallilari, organiik olamning rivojlanishi, evolyutsiyaning asosiy yo`nalishlari haqida talabalarga bilimlar berish va tegishli malakalarni shakillantirish.
Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
«Evolyutsiya nazariyasi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-fanning mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari, evolyutsion ta`limot to`g`risidagi asosiy tushunchalar, organik olamning rivojlanish tarixini bilish kerak;
- talaba «Evolyutsiya nazariyasi» fanining rivojlanish tarixi, asosiy bosqichlari, evolyutsiya jarayonining mohiyati va ahamiyatini aniqlay olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
-talabalar evolyutsiya jarayoni va qonuniyatlarini, uning bosqichlari va darajalari hamda evolyutsiya jarayoni natijalarini baholash malakalariga ega bo`lishi kerak.
Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
«Evolyutsiya nazariyasi» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 8- semestrda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy (oliy matematika asoslari, informatika va axborot texnologiyalari, fizika), umum kasbiy (botanika asoslari, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va boshqa) va ixtisoslik (sitologiya, embriologiya va boshqa) fanlardan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi.



Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling