R. Maraximov
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Kafedraning vazifalari
Download 15.23 Kb.
|
2 5276481083934776222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzaro hamkorlik boʻyicha korxonaning vazifalari
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Kafedraning vazifalari
2.1. Kafedraning sohaga oid taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabasini 2-kursdan boshlab Korxonada malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishini hamda ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish. 2.2. Kafedraning soha mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarini Korxonaga ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqish. 2.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda ishtirok etish. 2.4. Korxonaning ilmiy-texnik rivojlantirish muammolarini Kafedra bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzgan holda amalga oshirish, xoʻjalik shartnomalarini bajarish ishlariga doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talaba yoshlardan iborat tadqiqotchilarni tizimli ravishda jalb qilishni tashkil etish. 2.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan Korxonaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishni amalga oshirish. 2.6. Universitetning soha yoʻnalishlariga mos kafedralari qoshida oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik guruhlarini shakllantirish; 2.7. Oʻquv materiallarini Korxonaning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish; 2.8. Korxonarahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish; 2.9. Talabalarni ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs soʻngida emas, balki mos ravishda ikkinchi va uchinchi kursda tahsil olayotgan davrda oʻtkazish va barcha turdagi amaliyotlarni Korxonada oʻtashni yoʻlga qoʻyish. Oʻzaro hamkorlik boʻyicha korxonaning vazifalari 3.1. Kafedraning sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha Korxonada filiallarini ochishga yordam berish. 3.2. Kafedraning taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabaning 2-kursdan boshlab Korxonada malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishiga koʻmaklashish va ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirishni amalga oshirishga sharoit yaratish, sohaga mos taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish. 3.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda koʻmaklashish. 3.4. Bosh boshqarmaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Kafedra (Universitet) bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish. 3.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan Korxonaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishga sharoit yaratish. 3.6. Kafedra taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Korxonaning yetakchi mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqishni tashkillashtirish. 3.7. Korxonaga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari hamda kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish. 3.8. Doktorantlar, magistratura talabalarini Korxonaning muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni Korxonada oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrlarni oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha Korxona hisobidan moddiy ragʻbatlantirish; 3.9. Universitetning sohaga mos taʼlim kafedralari qoshida shakllantiriladigan oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ guruhlarga Korxonaning yetuk mutaxassislarini biriktirish; 3.10. Kafedra oʻqituvchilarining Korxonada amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga sharoit yaratib berish; 3.11. Korxonaning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalarga kelgan Kafedra professor-oʻqituvchilari uchun sharoitlar yaratib borish; 3.12. Taʼtillar davrida Kafedra talabalarini Korxonada vaqtinchalik ish bilan taʼminlash; 3.13. Korxonadagi boʻsh vakant oʻrinlarni malakali bitiruvchilar bilan toʻldirib borish; 3.14. Kafedra oʻquv rejasida belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish; 3.15. Korxona rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash; 3.16. Kafedra talabasiga Korxona masʼul xodimini biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, Korxonada amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish, amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish. Download 15.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling