R o’ y X a t I venchur (Venture capital) kapitalni mazmun va mohiyatini
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Screenshot 2023-01-24 at 4.12.14 PM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”
1.
Semurg VC SEMURG VC - bu MDH va Venture Builder bozorida texnologik startaplarni yaratish va kengaytirishga qaratilgan, oʻzida venchur fondini mujassamlashtiruvchi xususiy investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Fond Oʻzbekistonda faoliyat koʻosatayotgan startaplarga kelgusi 2 yil ichida $ 5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni maqsad qilgan. Shuningdek, joriy yilning 28-may kuni “UzVC” milliy venchur fondi hamda UZVCA Oʻzbekiston venchur moliyalashtirish assotsiatsiyasi hamkorlikda mintaqada va xalqaro bozorda kelgusida venchur moliyalashtirish va startap ekotizimni rivojlantirish mavzusida Oʻzbekistonda birinchi bor Markaziy-Osiyo venchur forumi oʻtkazildi. Forum doirasida UzVC” milliy venchur fondi va Qozogʻistonning “QazTech Ventures”AJ oʻrtasida qoʻshma venchur fondi tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzlandi. “UzVC” milliy venchur fondining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xorijiy venchur fondlarining tajribasini yaqindan oʻrganish maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda USAID) tashkilotining FGI (Future Growth Initiative) dasturi doirasida xalqaro konsultant jalb etildi. Venchur moliyalashtirish sohasida xorij tajribasini oʻrganish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish maqsadida“UzVC” milliy venchur fondi tomonidan Islom taraqqiyot banki va USAID tomonidan tashkil etilgan grant dasturlariga tegishli xujjatlar yuborildi. 15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq ushbu vazirlikning maqsad va vazifalari. Ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi da belgilangan vazifalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi № PF-5264 son “Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi № PQ-3416 son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Vazirlik; • Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; • innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi; • innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot- tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; • ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi; Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling