R o’ y X a t I venchur (Venture capital) kapitalni mazmun va mohiyatini


to'g'risida"gi Qonunining ustunligi hamda qonun bilan qulay shart-sharoitlar


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/114
Sana20.07.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1661301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
Screenshot 2023-01-24 at 4.12.14 PM

to'g'risida"gi Qonunining ustunligi hamda qonun bilan qulay shart-sharoitlar
yaratish afzalliklari.
Qonunning ustunligi nimada?
"Investisiyalar va investisiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuni 12 bob va 69
moddadan iborat va quyidagi afzalliklarga ega:
1) davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari o'rnatilib, endi ularga
muvofiq:
• 
investorlarga investisiyaviy soliq krediti, investisiyaviy subsidiya berilishi
mumkin;
• 
davlat organlari, chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik
muassasalari investorlarga maslahat va axborot olishda ko'maklashadi;
• 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'ektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil suddan tashqari va
suddan oldin yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilishda ko'maklashadi.
2) investisiyalarni himoyalash va investisiya faoliyati sub'ektlari huquqlarini
davlat tomonidan belgilangan kafolatlarni ta'minlanishini tartibga soladi, unga
muvofiq:
• 
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya sub'ektlarining
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli
emas.
• 
investisiyalar va investorlarning boshqa aktivlari nasionalizasiya qilinmaydi;
shuningdek investorlarga ularning pul mablag'lari erkin tarzda o'tkazilishi
kafolatlanadi;
• 
keyingi qonun hujjatlari investisiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa,
investisiya qilish sanasida amalda bo'lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan
investisiya qilish paytidan e'tiboran o'n yil mobaynida qo'llaniladi.
3) chet ellik investorlariga qo'shimcha huquqlar berilishi, jumladan:
• 
chet el investisiyalari uchun shart-sharoitlar respublika yoki boshqa
davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslarining shart-sharoitlariga nisbatan
noqulayroq bo'lishi mumkin emas.
• 
chet ellik investorlar yashash guvohnomasi va "investisiya vizasi"ni, ularning
oila a'zolari esa "investisiya vizasi" amal qilish muddatiga mos ravishda "mehmon
vizasi"ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan
shartlar asosida olish huquqiga ega.


4) chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarining huquqiy asoslarini
belgilaydi, unga muvofiq:
• 
korxonalarda chet el investisiyalarining miqdori kamida o'n besh foizni
tashkil etishi (ushbu talab ilk bor qonun aktida ko'zda tutilgan).
• 
ushbu korxonalar tomonidan o'z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mol-mulk
davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida bojxona bojidan
ozod etiladi.
Undan tashqari, qonun bilan qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida
quyidagilar belgilangan:
• 
investisiyalarni mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra tasniflash, ya'ni kapital,
moliyaviy va ijtimoiy;
• 
investisiyalarni amalga oshirish shakllarini belgilash (yuridik shaxslarni
tashkil etish, aktsiyalar, ulushlar sotib olish, mulk huquqini olish va boshqalar),
shuningdek investisiya resurslari (pul mablag'lari, ko'char va ko'chmas mol-mulk,
intellektual mulk ob'ektlari);
• 
Investisiya faoliyati ob'ekti va sub'ektini belgilash;
• 
ushbu sohada vakolatli davlat organining asosiy funktsiyalari va vakolatlarini
belgilash.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling