R o’ y X a t I venchur (Venture capital) kapitalni mazmun va mohiyatini


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/114
Sana20.07.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1661301
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
Bog'liq
Screenshot 2023-01-24 at 4.12.14 PM

1. 
Semurg VC
SEMURG VC - bu MDH va Venture Builder bozorida texnologik startaplarni
yaratish va kengaytirishga qaratilgan, oʻzida venchur fondini mujassamlashtiruvchi
xususiy investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Fond Oʻzbekistonda faoliyat koʻosatayotgan startaplarga kelgusi 2 yil ichida $
5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni maqsad qilgan.
Shuningdek, joriy yilning 28-may kuni “UzVC” milliy venchur fondi hamda
UZVCA Oʻzbekiston venchur moliyalashtirish assotsiatsiyasi hamkorlikda
mintaqada va xalqaro bozorda kelgusida venchur moliyalashtirish va startap
ekotizimni rivojlantirish mavzusida Oʻzbekistonda birinchi bor Markaziy-Osiyo
venchur forumi oʻtkazildi.
Forum doirasida UzVC” milliy venchur fondi va Qozogʻistonning “QazTech
Ventures”AJ oʻrtasida qoʻshma venchur fondi tashkil etish boʻyicha oʻzaro
anglashuv memorandumi imzlandi.
“UzVC” milliy venchur fondining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xorijiy venchur
fondlarining tajribasini yaqindan oʻrganish maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot
agentligi (keyingi oʻrinlarda USAID) tashkilotining FGI (Future Growth Initiative)
dasturi doirasida xalqaro konsultant jalb etildi.
Venchur moliyalashtirish sohasida xorij tajribasini oʻrganish va malaka
oshirish dasturlarida ishtirok etish maqsadida“UzVC” milliy venchur fondi
tomonidan Islom taraqqiyot banki va USAID tomonidan tashkil etilgan grant
dasturlariga tegishli xujjatlar yuborildi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”
gi qaroriga muvofiq ushbu vazirlikning maqsad va vazifalari.
Ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar,
ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy
sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 —
2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha 
Harakatlar strategiyasi
da belgilangan vazifalarga, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi 
№ PF-5264 son
“Oʻzbekiston
Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni
hamda 2017 yil 30 noyabrdagi 
№ PQ-3416 son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik;


• 
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish
sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga,
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
• 
innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida
baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab
qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy
yoʻnalishlarini belgilaydi;
• 
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish
masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-
tahlil 
muassasalari 
hamda 
boshqa 
tashkilotlarning 
faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
• 
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga
oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona
buyurtmachisi hisoblanadi;

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling