innovatsion infratuzilmani rivojlantirish jarayonini jadallashtirish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi “UzVC”
milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 684-
sonli Qaroriga muvofiq “UzVC” Milliy venchur fondi
tashkil etildi hamda ustav
kapitali 15 milliard soʻm miqdoridagi Fondning boshlangʻich ustav kapitali 2020-yil
Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan shakllantirildi.
Bugungi kunda “UzVC milliy venchur fondi”
MCHJ tomonidan ustav
kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlov eʼlon
qilingan. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma venchur fondini tashkil etish
yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
2.
MOST Ventures
MOST Ventures - Markaziy Osiyoda bir necha
yil mobaynida texnologiya
sohasidagi tadbirkorlarni moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek
mintaqada inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi xususiy
venchur fondi hisoblanadi. Fond xalqaro biznesni
yaratishni maqsad qilgan IT-
startaplarga oʻz eʼtiborini qaratadi.
Joriy yilda fond tomonidan $ 2 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya
kiritishni rejalashtirilgan. Bugungi kunda fond tomonidan “Girgitton” oziq-
ovqatlarni yetkazib berish va “TASS Vision” startapi
akseleratsiya jarayonini
oʻtamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: