sifat o ‘zgarishlarini ham ko‘zda tutadi. Bunday qarorlar sinchkovlik bilan
asoslangan va balanslashtirilgan jamoaviy harakatlar dasturidan iborat b oiib ,
belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiydir va boshqariladigan obyektni
tizim jihatdan, tubdan qayta qurish y o ‘li bilan konkret ziddiyatlami bartaraf
etishga qaratilgandir.
Hozirgi paytda strategik qarorlar faqat texnologiyada emas, balki x o ‘jalik
mexanizmida, ishlab chiqarishni tashkil etishda, korxonada ijtimoiy vaziyatda
ham sifat o'zgarishlarining bosh qurolidir.
Rejalashtirilgan qaror — texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ilmiy
asoslangan taxminning, ishga tanqidiy yondashishning, konstruktiv izlanishning
natijasidir. Bu, odatda, qiyosiy va omil analizlarining, har taraflama asoslash va
hisoblab chiqishlarining mahsulidir. U nazariy bilimlarga va ilg‘or tajribaga
asoslanadi. U zoq istiqbolni hisobga olgan holda m uam m olam i hal etishga
yondashish, voqealaming borishini faqat oldindan ko‘rishgina emas, balki ulaming
kerakli y o ‘nalishdan borishiga faol ta’sir ko‘rsatishga ham imkon beradi. Ayni
chog‘da harakat qilishning odatdagi sxemasiga yangicha qaray bilish mahorati
g'oyat muhimdir.
Qarorlaming turli variantlarini ishlab chiqish ulam i qiyosiy analiz qilish
bilan yetkaziladi.
Har bir variantning samaradorligiga miqdor; sifat va muddatlami, iqtisodiy
va ijtimoiy natijalami optimal qo‘shish nuqtayi nazaridan puxta baho berilgandan
keyingina uzil-kesil qarorlar qabul qilinadi.
Qarorlar qabul qilish. Ba’zan qaror qabul qilish jarayonini siyqa tarzda
faqat eng yaxshi variantni tanlash sifatida, ya’ni aslini olganda qandaydir
texnikaviy yoki rasmiy harakat sifatida tushuniladi. Lekin bu noto‘g‘ridir, chunki
Do'stlaringiz bilan baham: |