R. X. Maksudov
-§ Ich q u ym a m ateriallari va o ‘lch am lari
Download 128 Kb. Pdf ko'rish
|
Mashina detallari (R.Tojiboyev va b.)
9.2-§ Ich q u ym a m ateriallari va o ‘lch am lari
Sirpanish podshipniklarida val sapfasi emas, balki ichquyma nisbatan tez yeyilishi kerak, chunki vallarni almashtirish ichquymalarga nisbatan qimmat turadi. Val sapfalari yeyilishini kamaytirish uchun termik qayta ishlanadi. Ichquyma materiallari ishqalanish koeffitsiyenti kam, yeilishga chidamli, issiqlik o ‘tkazuvchan, zanglamaydigan xususiyatlarga ega bo‘lib metall, metallokeramika va metalmas materiallardan tayyorlanadi. Metall ichquymalar. Material sifatida bronza, babbit, alyuminiy qorishmalari hamda antifriksion cho‘yanlar ishlatiladi. Katta yuklanish va o ‘rtacha tezlik bilan harakatlanadigan mexa- nizmlarda antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lgan BrOlOFl, Br04TS4 S l7 va boshqa markali bronzalardan tayyorlangan ichquymalar ishla tiladi. Alyuminiy (BrA9JZL), qo‘rg‘oshin (BrS30) qorishmalaridan tayyorlangan ichquymalar, sapfasi toblangan vallarda ishlatiladi. Sekin harakatlanadigan mexanizmlarda antifriksion xususiyatlarga ega b o ‘lgan AChS-l markali cho‘yan materiallar ishlatiladi. Metallokeramikadan tayyorlangan ichquymalar mis yoki metall kukunlariga grafit, qalay va qo‘rg‘oshin qo‘shib presslash vordamida hosil qilinadi. Bu ichquymalar poristos boMganligi uchun moy bilan singdiriladi, natijada ishlash jarayonida moylanmaydi. Bunday ichquymalar sekin harakatlanuvchi mexanizmlarda, moylash qiyin b o l g a n uzellarda ishlatiladi. Metallmas ichquymalarda artifriksion xususiyatlarga ega bo‘lgan ASP markali plastmassalardan yoki rezina va 178 www.ziyouz.com kutubxonasi shunga o ‘xshash materiallardan tayyorlanadi. Bu ichquymalar suv yordamida yog‘langanda ham yaxshi ishlaydi. Ichquymalar o ‘q bo‘yicha siljimasligi uchun chiqiqli qilib tayyor- landi. Devorining qalinligi s sapfaning diametri d val materialga bog‘liq bo‘lib, cho'yan va bronzadan tayyorlangan ichquyma devorlarining qalinligi S = 0.03d+l-4m m . Chiqiqning o ‘lchami b = 1.2 S , h = 0 .6 S ( 9.5-rasm). Katta seriya bilan tayyorlanadigan ichquymalarda ishqalanish yuzasiga lenta qoplanadi. Bunda lentaning qalinligi 1.5-2.5 mm gacha bo'lib, qoplash uchun ishlatiladigan antifriksion material laming qalinligi 0.2-0.3mm gacha bo'lishi mumkin. 9.5-rasm . Podshipniklarni ishlash sifatiga podshipnik uzunligini diametriga nisbati, y a ’ni 1/d nisbat katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu qiymat kichik bo‘lsa uzeldan moy oqib ketish xavfi tug‘iladi, bu qiymat katta bo‘lganda ishqalanish yuzasida bosim notekis taqsimlanadi natijada bosim katta boMgan joylarda yeyilish tezlashadi, Shuning uchun bu qiymatni ishlash jarayoniga qarab tanlash tavsiya etiladi. Masalan. avtomobil dvigatellarida 0.5-0.6; dizel podshipniklarida 0.5-0.9; prokat stanoklarida 0.6-0.9; umumiy mashinasozlikda esa 1.5 gacha qabul qilish mumkin. Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling