Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi


Radiojurnalist nutqida morfemik vositalarning qo’llanishi


Download 156.61 Kb.
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1500192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi

Radiojurnalist nutqida morfemik vositalarning qo’llanishi



    1. Radiojurnalistikada qo’llanuvchi leksik va frazeologik vositalarning xususiyatlari


Davr taqozosiga ko’ra jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan va mukammallashib borayotgan siyosat sohasi hamda ular tilidagi o’zgarishlar, xususan, shunga bog’liq holda jurnalistika janrlarining til xususiyatlari bo’yicha bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, H.Dadaboev, Z.Xolmonova, A.O’rozboev, A.Abdullayev kabilar siyosiy atamashunoslik va ularning o’zbek tilida ifodalanishi, siyosiy terminlar lug’ati, siyosat tili, ruscha siyosiy atamalarning istiqlol davri taraqqiyoti, siyosat tili va siyosatshunos nutqi kabi mavzularda olib borganlar. G’arb va rus tilshunosligida siyosiy jurnalistika bo’yicha tadqiqotlar ancha erta boshlangan. Nutqni o'rganish sohasida N.D.Arutyunova, V.I.Karasik, Yu.S.Stepanova, V.E.Chernyavskoy, R.Vodak, T.A.Van Deyk, N.Feyrklou, P.Serio va boshqalar; nutq ta'sirini va ishonchli muloqotni o'rganish E.A.Goncharova, A.V.Golodnova, A.G.Gurochkina, V.E.Chernyavskaya, P.M.Blakar, R.Bandler, J.Grinder tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda siyosiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Turkiyshunoslikda ham bu dolzarb muammo tadqiqi bo’yicha bir qator izlanishlar olib borilgan. O’tgan asrning 30-40 yillarida V.V. Reshetov, A.X. Borovkov, keyinchalik M.Mirzayev, F.Abdullayev, I.Rasulevlar o’zbek jurnalistikasi tilining lisoniy xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan dastlabki tadqiqotlarni olib borgan bo’lsalar, A.Abdunazarov, B.Turdaliyev, M. Rahmonov, A. Boboyeva, T.Qurbonov, G’.Karimov, A.Abdusaidov kabi olimlar publitsistik uslubning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga, G’.Mirzayev, S.Xidirov, N.Abdulazizovalar siyosiy tushunchalarning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishi, istiqlol davri o’zbek jurnalistikasiga bag’ishlangan izlanishlar olib bordilar.
Hozirgi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o‘zgarishlar, tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda har bir shaxs buyuk o‘tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo‘llardan borish talab qilinadi. Yangi O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ydi. Jurnalistika sohasida qalam tebratayotgan ijodkorlarning so‘zi millatning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma’naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligi fani o’tgan davr mobaynida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog’liq muammolarning o’rtaga tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko’rsatib turibdi. O.A.Vni biz “to’rtinchi hokimiyat” deb ataymiz. Uning jamiyatda tutgan o’rni katta. Jurnalistikani nafaqat mafkura yaratadigan, uni shakallantiradigan dargoh, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy-siyosiy qarashlarni jamiyatga yetkazadigan vosita sifatida qaraladi.
Boshqa kasb-hunar kabi jurnalistika ham o’z xususiyatiga ega. Jurnalistikaning axborot, analitik, badiiy va jurnalistik janrlari mavjud. Jurnalistning ushbu janrlarni o’zlashtirishning qulayligi muallifning adabiy qobiliyatiga, uning professional mahoratiga va mukammal lingvistik qobiliyatiga bog’liq. Radiojurnalist dolzarb mavzuni tanlash, ishonchli faktlarni toppish va qayta ishlash jarayonida eng aosiy maqbul shaklini ham tanlaydi. Ifodaning bu shakli janr hisoblanadi. Bu nutqiy ifoda qurilishining asosiy maqsadidir.
Radio janrlari 3 katta guruhga bo’linadi:
1.Axborot janrlari
2.Tahliliy janrlar
3. Badiiy-publisistik janrlar
Radio janrlari kelib chiqishi, bajariladigan vazifasiga ko’ra boshqa janrlar tizimiga yaqin bo’lsa-da, lekin faqat tovushga bog’liqligini alohida ta’kidlash joiz. Keyingi yillarda jurnalistik nutqning individual xususiyatlarini o’rganish hamda tadqiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Intervyu inglizcha “suhbat”, “Suhbat qilmoq” ma’nolarini anglatadi. Radiointervyu to’g’ridan-to’g’ri efir orqali uzatilganligi sababli savol-javob qanday kechsa, tinglovchiga shunday yetib boradi. Ammo intervyu eshittirishdan oldin yozib olinsa, savollar o’rni almashtirilib, javoblaning ham kerakli qismi saqlab qolinadi. Intervyuning tili va uslubi o’ziga xos bo’lib, dialogga xos bo’lgan xususiyatlarga amal qilib, lokonizmga alohida urg’u beriladi. To’liqsiz, so’roq gaplar, tasdiq so’zlar, suhbatdoshning mutaxassisligiga oid terminlar ko’proq qo’llanadi. Eshittirish jarayonida og’zaki nutqda ishlatiladigan savol-javobdan foydalaniladi, bunda gaplar Grammatik jihatdan to’liq bo’lmasligi mumkin. So’roq gaplar, xitobiy so’roqlardan unumli foydalaniladi. Respondent kasbiga oid terminlardan unumli foydalanish intervyuning talab darajasida bo’lishini ta’minlaydi. Biz "siyosiy intervyu" tushunchasini tor ma'noda ishlatamiz - ya'ni jurnalist va siyosatchi o'rtasidagi siyosat suhbati, shuningdek, suhbatning yozilgan natijasidan farqli o’laroq,keng ma’noda intervyu oluvchi jurnalist o’zini qiziqtirgan har qanday savolni suhbatdoshiga berishi mumkin bo’ladi. Siyosiy intervyuda adabiy til me’yorlariga rioya qilish, rasmiy uslubdan foydalanish asosiy o’rinda turadi. Intervyu og’zaki nutq orqali yuzaga kelgani uchun til me’yorlaridan chetga chiqish hollari ham uchraydi.Ammo tahrir jarayonida bunday kamchiliklarni bartaraf etish muhimdir. Siyosiy intervyuning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan tamoyillar-ishontirish, ko'p sub'ektivlik, ular maxsus dialogik va maxsus murojaat qilish, axborotlilikda namoyon bo'ladi. Matnni shakllantiruvchi ustunlik bu ishontirish, kommunikatorlarning nutq xatti-harakatlarining aktualizatsiyasini, birinchi navbatda, potentsial qabul qiluvchiga qaratilgan ta'sirli maqsadni amalga oshirish bilan bog'liq. Siyosiy intervyularning tuzish modeli sifatida tipologik o'ziga xosligi ikkita asosiy tur bilan belgilanadi: qarama-qarshi turdagi intervyu va neytral turdagi intervyu. Nutq xatti-harakatlarining neytral uslubi kommunikativ hamkorlikning pragmatik tasdiqlangan istagi bilan tavsiflanadi, uning ko'rsatkichlari spikerning kommunikativ niyatini aniq ko’rsatish va turli nutq usullari orqali suhbatdosh bilan kelishuvni ifodalash. Qarama-qarshi suhbatda muloqot qiluvchining nutqdagi xulq-atvori, uning niyatiga qarab himoyalanish (mudofaa) sifatida tavsiflanishi yoki qarama-qarshilikdan uzoqlashish, suhbatni neytral kanalga aylantirish mumkin. Qarama-qarshilik uslubi odatiy va muntazam takrorlanadigan kommunikativ-nutq texnikasi bilan tasdiqlanadi: e'tiroz, qarama-qarshiliklarni ko'rsatish, noto'g'ri bayonot, suhbatdoshning so'zlarini antonimik tarzda qayta tuzish, kamsitish va bo'rttirish usullari, bilvosita ayblash, anonim so'zlardan foydalanish mumkin emas. Siyosiy nutq bir necha ko’rinishlarda bo’lib, siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy nutq, diplomatik nutq, sessiya, konferensiyadagi nutq, siyosiy sharh, murojaatnomalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Siyosiy arboblar nutqining o’ziga xos jihati aniq faktga tayanishi, ko’zlangan maqsadni aniq ifodalashi, aniqlikka tayanishidir. Aniqlik – bu so’zning o’zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir.

Download 156.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling