Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi


Download 156.61 Kb.
bet6/12
Sana16.06.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1500192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi

Radioxabar- bir yoki bir necha faktdan iborat bo’ladi.“Fakt” lotincha so’z bo’lib, bor bo’lgan voqea ma’nosini anglatadi.Yo’q narsa fakt bo’lolmaydi. Xabar, yangilik kim? nima? qachon? qayerda? savollariga javob berishi lozim. Xabar tezkor uzatilishni taqozo etadi.Bugungi voqea bugun, ertalabki voqea tushda yoki kechqurun eshittirilishi lozim. Xabar, yangiliklar ichida eng muhimlari, ahamiyatlilari birinchi galda berilishi lozim. Xabar vaqti 3-4 daqiqa yoki 10 daqiqagacha bo’lishi mumkin. Tezkorlik, haqqoniylik-xabarning muhim sharti.Har axborot dasturining chorlovlari mavjud bo’ladi. Radioxabarlar:
1. Umumiy
2. Tematik
3. Maxsus
4. Eng muhim xabarlarga bo’linadi.
Radiointervyu-intervyu beruvchi, jurnalist va eshituvchi o’rtasidagi aloqa vositasidir. Intervyudan maqsad, muayyan soha sohibi, vakilidan muhim, maroqli axborot olishdir. Intervyuni yozib olish ham, bevosita efirga uzatish ham mumkin(jonli efir). Gazeta intervyusida esa jurnalist oldindan matnni yozib oladi va unga qayta ishlov beradi. Radiointervyu bevosita suhbat jarayonida paydo bo’ladi.Bunda jurnalist suhbat jarayonida vositachi hisoblanadi. Radiointervyu asosan 3 qismdan iborat bo’ladi: kirish, asosiy qism, xulosa. Kirish qismida intervyu beruvchining ism-sharifi, lavozimi aytilishi lozim. Intervyu olishda radiojurnalistga quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
1.Provakatsion savollarni bermaslik;
2.Bir vaqtning o’zida ikkita savol bermaslik;
3.Javobi bir xil bo’lgan sabollarni bermaslik;
4.Intervyu beruvchining gapirishiga imkon berish, oxirigacha eshitib, gapini noo’rin bo’lmaslikka harakat qilish;
5.Intervyu beruvchining javobidan qochishga yo’l qo’ymaslik;
6.Sukutni o’z foydasiga ishlata olish;
7.Intervyu berayotgan shaxsning ovozi va gapirishi yaxshi bo’lishiga ko’maklashish.
Radioreportajning quyidagi turlari mavjud:
1.Voqeaband reportaj- muhbirning diqqat markazida voqeaning borish jarayoni, uning dinamikasi. Masalan, “Mustaqillik”, “Navro’z” tantanalari.
2.Muammoli reportaj – bu reportaj ma’lum bir muammoning hal etilishida sabab rolini o’ynaydi. Umumiy muammo aniq voqea orqali qurib hal qilinadi.
Mazmum jihatdan radioreportajlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • Ijtimoiy-siyosiy reportaj;

  • Iqtisodiy, ya’ni ishlab chiqarish reportaji

  • Madaniyat va san’at sohalaridagi voqealarga bag’ishlangan reportaj.

Ijro bo’yicha esa to’g’ridan-to’g’ri uzatiladigan reportaj va magnit tasmasiga yoziladigan reportajlarga ajratish mumkin.

Download 156.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling