Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi
Download 156.61 Kb.
|
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiohisobot
- Radiofeleton
Radiosharh – radiojurnalistikaning muhim janrlaridan bo’lib, hayotimizning hozirgi kunda bo’lib turgan hodisalar va voqealarni tahlil qilish, tushuntirishlarni o’z oldiga maqsad qilib oladi. Radiosharhda doimo voqeaband sabab bo’lishi lozim. Uning asosiy maqsadi ma’lumotlarni to’g’ri va mohirona, taqqoslangan holda radiotinglovchilar ongida voqealar ijtimoiy ahvoli to’g’risida aniq taassurot qoldirishdir. Radiosharhning yana bir muhim xususiyati uning tezkorligidadir. Sodir bo’lgan voqea haqida xabar berish va darhol bu voqeani tinglovchilarga tushuntirib sharxlash janrning afzalliklaridan biri hisoblanadi. Mavzu bo’yicha radiosharh quyidagi turlarga bo’linadi:
Tashqi – siyosiy; Ichki - siyosiy. Hajm jihatidan radiosharxlarni qisqa, tezkor, kunlik, haftalik, oylik sharhlarga ajratish mumkin. Radiosuhbat – radiojurnalistikaning tahliliy janrlaridan bo’lib, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda mavjud bo’lgan muammolarni hal etish yo’llarini izlashga qaratilgan janrdir. Mavzu bo’yicha radiosuhbat 3 turga bo’linib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, fan va madaniyat sohalaridagi yutuq va muammolar haqidagi suhbatlardir. Radioocherk – radiojurnalistika janrlari orasida eng murakkab, ixcham, hozirjavob janrdir. Radioocherk rus tilidan olingan bo’lib, “chertit” atrofga chiziq tortmoq, chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Radioocherk 3 ga bo’linadi Portret radioocherk; Yo’l ya’ni safar radioocherk; Muammoli radioocherk. Radiohisobot – hisobot radiojurnalistikaning an’anaviy va xususiy janri hisoblanib, avvalo ma’lum fikr voqealar (anjumanlar, yig’lishlar, majlislar, tashriflar) bilan bog’liqdir. Radiohisobot 2 turga bo’linib, voqeaning quruq bayoni beriladi; muallif hikoyasi bilan birgalikda tasmaga yozilgan chiqishlarning eng qiziqarlilari beriladi. Radiofeleton – matbuot va radioning amaliy faoliyatidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, feleton yumoristik, satirik xususiyatga boy bo’lgan, biroq unchalik katta bo’lmagan kichik badiiy-publisistik janrdir. Odatda eshittirishni mavzuga mos tanlangan kuy-qo’shiqlar bezab, uning ruhiy ta’sirini oshiradi. Tinglovchilarning telefon orqali o’z fikr-mulohazalarini bildirishi jonli muloqot faollashuvini to’la ta’minlaydi. Bevosita muloqotdagi telefon orqali bog’lanishlarning vaqt nuqtai nazaridan cheklanganligi, barcha tinglovchilar auditoriyasini qamray ololmasligini hisobga oladigan bo’lsak, ovozli yozuvlar ishtirokidagi jonli muloqotli dasturlar sifati yuqori bo’lishini ta’kidlab o’tish joiz. Muloqotga asoslangan jonli radiodasturlar davr talabiga asoslanib, o’zining tezkorligi, hozirjavobligi, texnik imkoniyatlari orqali tinglovchi va efir boshlovchisi o’rtasida ko’prik vazifasini o’tab kelmoqda. Bunda zamonaviy efirdagi suhbat-muloqot, intervyu, davra suhbati, blis-intervyu kabi janrlar qatori “tok-shou” singari jonli muloqotli eshittirishlarga xos bo’lgan janrlari ham kirib keldi. Bevosita muloqotli dasturlarning uzluksizligi, tinglovchining istagan vaqtida eshitishga qulayligi ko’pchilikka ma’qul tushmoqda. Shuningdek, bu ko’rinishdagi eshittirishlar olib boruvchidan yoqimli ovoz sohibi bo’lish, tinglovchining hozirjavob suhbatdoshi, yuksak didli, faqat yangiliklarni yrtkazib berish, dolzarb mavzudagi muammolarni ko’tarib chiqish kabi xislatlarni talab etadi. Albatta bu mavzu tinglovchilardan kelgan xatlardagi takliflar asosida tanlanadi, auditoriya dilidagi gapning efir orqali yangrashi uni o’sha to’lqinga jalb qiladi. Eshittirish davomida tinglovchi efirga qo’ng’iroq qilib, mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniga ega, shu bilan eshittirish qiziqarli tus oladi. Telefon orqali ma’lum insonlarning fikrini ko’pgina radiostansiyalar efir orqali uzatish tobora faollashmoqda. Albatta bularning barchasi eshittirish muallifi yordamida amalga oshiriladi. Radiostudiyaga qo’ng’iroq qilganlarning hammasi ham jonli efirga chiqmaydi, musiqiy tanaffus davrida eshittirish muallifi respondent nima demoqchi ekanligini tez aniqlab, uning fikrini tinglovchilarga ijobiy ta’sir ko’rsata olgan taqdurda efirga uzatiladi. Eshittirish muallifi mavzu va uning yechimida ehtiyoj sezadigan auditoriya o’rtasida ko’prik hisoblanadi, dasturning nuvaffaqiyati uning tinglovchilar fikrini boshqara olish mahoratiga bog’liq. Shuningdek, quyidagilar ham muloqotga asoslangan mavzuli dasturlarning zarur faktorlari hisoblanadi: o’tkir va dolzarb muammolar; auditoriyaning telefon orqali majburiy ishtiroki; boshlovchining dasturdagi barcha ishtirokchilar bilan muloqoti; dastur davomida mavzuni oydinlashtirishga yordam beruvchi yangi paydo bo’lgan va qiziqarli yangiliklarni qo’llash; radioxabarning munozarali va rang-barang, ko’pfikrliligi. Download 156.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling