Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi


Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari


Download 156.61 Kb.
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1500192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi

Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Asosan, uslubiy va qiyosiy tahlil hamda tasniflash usullaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Radiojurnalist nutqining fonetik va leksik-semantik jihatdan tahlil qilindi;
-Radiojurnalist nutqida so’z qo’llash mahorati o’rganildi;
-Rurnalist nutqida qo’llanuvchi maxsus leksikalar aniqlandi;


Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Mazkur dissertatsiyamizning yutuqlaridan oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar texnikumi talabalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari shuningdek, barcha tiofa vakillari o’z nutqida keng foydalanishlari mumkin


Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ….sahifadan iborat.


Kirish

Bugungi kunda innovatsion rivojlanish yo‘lidan jadal borayotgan mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi, ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli fuqarolarni yetishtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.


Yurtboshimiz tomonidan bеlgilab bеrilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” bugungi kunda o’zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Yurtimizda shaxs, inson, jamiyat, davlat yangilanmoqda, barcha ijtimoiy jarayon ta’lim va madaniyat, ma’naviyat o’ziga xos tarzda shakllanib bormoqda.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “….oliy taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bizning eng birinchi vazifamiz”, deb ta’kidlagan fikrlarining negizida, yurtimizdagi barcha OTMlari oldida O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish masalasi yotadi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “... Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o’rni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini ta’minlash bo’yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga ma’lum, albatta. Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz”, degan fikrlardan ko’rinib turibdiki, jurnalistlarning oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun nutq madaniyatini chuqur egallash talab etiladi

Download 156.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling